9–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. “Qizlar ” kuyiga aytiladigan Dovud sanosi.
2 Butun yuragimdan, ey Egam, Senga shukur aytaman,
Barcha ajoyib ishlaringni soʻylayman.
3 Sen tufayli shodlanib, quvonaman.
Qoʻshiq aytib, Seni madh etaman,
Ey Xudoyi Taolo!

4 Dushmanlarim chekinib qochganlarida,
Qoqilib, nobud boʻldi Sening huzuringda.
5 Sen adolat ila hukm qilib taxtga oʻtirding,
Meni hukm etib, yuzimni yorugʻ qilding.
6 Xalqlarni Sen vahimaga solding,
Qabihlarni qirib tashlading.
Ularning nomini bir umrga oʻchirding.
7 Vayronalar ichra dushmanimiz to abad gʻoyib boʻldi,
Ularning shahrini Sen vayron etding,
Ularning xotirasi tamoman oʻchdi.

8 Egamiz esa to abad Oʻz taxtida oʻtiradi,
U taxtini hukm qilish uchun qurgandir.
9 U olamni adolat bilan boshqaradi,
Xalqlarni odilona hukm qiladi.
10 Mazlum uchun Egamiz qalʼaday boʻladi,
Ha, qaygʻuli damlarda U panoh boʻladi.

11 Ey Egam, Seni taniydiganlar
Oʻzingga umid bogʻlaydi.
Senga yuz burganlarni tark etmaysan.

12 Hamdu sano kuylang Quddusda taxt qurgan Egamizga!
Uning ishlarini eʼlon qiling xalqlar orasida!
13 Qasoskor Egamiz mazlumlarni yodida tutadi,
Jafokashlar faryodini U unutmaydi.

14 Rahm qil menga, ey Egam, qara!
Mendan nafratlangan gʻanimlarim azob bermoqda!
Oʻlim ogʻzidan meni qaytaradigan Sensan!
15 Shu bois goʻzal Quddus darvozalari oldida
Senga hamdu sano aytayin,
Menga najot bergan Sensan,
Shu bois ham quvonayin.

16 Xalqlar oʻzlari qazigan chuqurga oʻzlari yiqildi ,
Yashirgan toʻrlariga oyoqlaridan ilindi.
17 Egamiz adolatli hukmi ila
Oʻzining kimligini koʻrsatdi.
Qabihlar oʻzlari qoʻygan tuzoqqa ilindi.

18 Qabihlar va Xudoni unutgan jamiki xalqlar
Oʻliklar diyoriga tushar.
19 Muhtojni Xudo bir umrga unutmas,
Bechoraholning umidini to abad yoʻqqa chiqarmas.

20 Qani, ey Egam! Inson zoti gʻolib chiqmasin,
Xalqlar huzuringda hukm qilinsin.
21 Ularni qoʻrquvga sol, ey Egam!
Xalqlar inson zoti ekanligini bilsin.

22 Nechun, ey Egam, uzoqda turibsan?
Qaygʻuli damlarda Oʻzingni yashirasan?

23 Takabbur qabihlar bechorani taʼqib qiladi,
Toʻqigan igʻvolari oʻzlarining boshiga yetsin.
24 Qabihlar yovuz ehtiroslari bilan maqtanadi,
Ochkoʻzlar Egamizni laʼnatlaydi, Undan nafratlanadi.
25 Xudoga intilmaydi oʻziga bino qoʻygan qabihlar,
“Xudo yoʻqdir”, deb doim oʻylaydi ular.
26 Qabihlarning doim ishi yurishadi,
Xudoning amrlarini ular tushunmaydi,
Dushmanlarini pisand qilmaydi.
27 Ular oʻz koʻnglida oʻylaydilar:
“Biz hech qachon qoqilmaymiz,
Hech qachon kulfatlarga duch kelmaymiz.”
28 Qabihlarning ogʻzidan laʼnat, hiyla, poʻpisa chiqadi,
Soʻzlari bilan ular odamlarni yaralab, barbod qiladi.
29 Ular qishloqlarda yashirinib oladi,
Begunoh insonni poylab oʻldiradi.
Koʻzlari ojiz qurbonni qidiradi.
30 Sherga oʻxshab panada kutib turadi,
Bechorani ushlayman deb, pisib yotadi,
Zaifni oʻz sirtmogʻiga ilintirib, ushlab oladi.
31 Qabihlar oʻz kuchi bilan zaifni yiqitadi,
Uni yotqizib, ezib tashlaydi.
32 Ular oʻz koʻngillarida: “Xudo qilmishlarimizni unutgan,
U koʻzlarini yumib olgan, hech narsani koʻrmaydi”, deb oʻylaydi.

33 Qani, ey Egam! Urgin qabihlarni,
Ey Xudo! Unutmagin mazlumlarni!
34 Nechun qabihlar Sendan nafratlanadi?
Nechun oʻz koʻnglida ular:
“Xudo Mendan hisob soʻramaydi”, deb aytadi?
35 Sen esa koʻrib turasan,
Bilib turasan kulfatu azobda qolganlarni.
Qoʻllaringni ularga uzatasan,
Ojiz oʻzini Sening panohingga topshiradi,
Sen yetimga doim yordam bergansan.
36 Qabihlaru yovuzlarning qoʻlini qirqqin,
Qilmishlari uchun ulardan hisob soʻra,
Toki ular boshqa yovuzlik qilmasin.

37 Egamiz Shohdir to abad,
Oʻzga xalqlar yoʻq boʻladi Uning yurtidan.

38 Ey Egam, mazlumlarning istaklariga quloq solasan,
Ularning yuraklariga dalda berasan.
Yetimu mazlumning dodini Sen eshitib,
39 Yer yuzida banda ularni vahimaga solmasin deya,
Ularga Sen adolat qilasan.