89–SANO
1 Xudo odami Musoning ibodati.
2 Ey Rabbiy, nasllar osha
Sen panohimiz boʻlgan eding.
3 Togʻlar hali paydo boʻlmasdan oldin,
Yeru olamni yaratmasingdan oldin,
Abadulabad Sen Xudosan.
4 Sen insonni tuproqqa qaytarasan ,
“Qaytinglar tuproqqa, ey bandalar”, deb aytasan.
5 Ming yil Sening nazaringda bir kundaydir,
Qisqa bir tun vaqtidaydir.

6 Sen odamlarni supurib tashlaysan,
Ular goʻyo tushga oʻxshaydi.
Ular tongda ungan yangi maysa kabidir.
Tongda maysa yangidan oʻsib chiqsa ham
Oqshomda soʻlib, xazon boʻladi.

7 Sening gʻazabingdan adoyi tamom boʻldik,
Qahringdan biz vahimaga tushdik.
8 Gunohlarimizni Sen oldingga keltirding,
Yashirin gunohlarimizni nurlaring yoritib turadi.

9 Kunlarimiz Sening gʻazabing ostida oʻtadi,
Yillarimiz bir oh kabi, tez nihoyasiga yetadi.
10 Kunlarimiz yetmish yil ekan,
Agar bardam boʻlsak, sakson yil ekan.
Eng ajoyib yillar zahmat, jafo bilan kecharkan,
Umrimiz tez oʻtar, oʻzimiz uchib ketarmiz.

11 Sening gʻazabing qudratini kim bila olar?!
Qahring, Oʻzingga loyiq qoʻrquv kabi buyukdir.
12 Umrimiz kunlarini sanashni bizga oʻrgatgin,
Toki biz dono qalbga ega boʻlaylik.

13 Kel, ey Egam! Qachongacha kutamiz?!
Oʻz qullaringga shafqat qilgin!
14 Saharda sodiq sevging bilan bizni qondirgin,
Umrimiz boʻyi qoʻshiq aytib, xursand boʻlaylik.
15 Kulfatlar koʻrdik koʻp kunlar,
Bizni qaygʻuga giriftor qilding qancha yillar,
Oʻsha kunlar evaziga bizni xursand qil.
16 Biz, Oʻz qullaringga qudratli ishlaringni koʻrsatgin,
Bizning naslimiz ulugʻvorligingni koʻrsin.
17 Ey Rabbimiz Xudo, lutf–karaming bizga yor boʻlsin,
Qilgan ishimiz baroridan kelsin,
Ha, ishlarimizga baraka bergin!