87–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Koʻrax naslining sanosi. “Qaygʻu–alam” kuyiga aytiladigan qoʻshiq. Zerax urugʻidan boʻlgan Xamanning qasidasi .
2 Ey Egam, najotkorim Xudo,
Kecha–kunduz faryod qilaman oldingda.
3 Ibodatim Senga yetib borsin,
Qulogʻingni dodimga tutgin.
4 Hayotim kulfatga toʻla,
Oʻzim oʻliklar diyoriga yaqinlashganman.
5 Meni qabrga tushganlar orasida hisoblaydilar,
Bemajollarga oʻxshab qolganman.
6 Murdalar orasiga tashlanganman,
Qabrda yotgan marhumlarga oʻxshayman,
Sen meni oʻshalarday unutgansan,
Ular Sening himoyangdan mahrumdirlar.
7 Sen tashlading meni qabrning eng tubiga,
Eng zulmat, chuqur joylarga.
8 Gʻazabing ustimdan zilday bosadi,
Qahring toʻlqinlari ila meni ezasan.
9 Yaqin doʻstlarimdan meni ayirding,
Ularga meni jirkanch qilding,
Qamalib qolganman, xalos boʻla olmayman.
10 Koʻzlarim nuri gʻamdan adoyi tamom boʻldi.
Ey Egam, har kuni Senga iltijo qilaman,
Qoʻllarimni Sen tomon choʻzaman.
11 Moʻjizalaringni marhumlarga koʻrsatasanmi?!
Murdalar turib, Senga hamdu sano aytarmikan?!
12 Sening sodiq sevging qabrda eʼlon qilinarmi?!
Halokat diyorida Sening sadoqating haqida aytilarmi?!
13 Zulmat diyorida moʻjizalaring maʼlum boʻlarmi?!
Unutilganlar makonida odilliging haqida soʻylanarmi?!
14 Ey Egam, men Senga faryod qilaman,
Ibodatim sahardanoq Senga yetib boradi.
15 Ey Egam, nechun meni rad qilasan?
Nechun mendan yuz oʻgirasan?
16 Yoshligimdan buyon xastaman, oʻlim bilan yuzma–yuzman,
Vahimalaring qarshisida umidsiz qolganman .
17 Qahru gʻazabing meni ezib tashladi,
Vahimalaring meni adoyi tamom qildi.
18 Qahr–gʻazabing kun boʻyi meni toʻfonday oʻrab oladi,
Meni har tarafdan qurshab oladi.
19 Yaqin doʻstimdan, qoʻshnimdan meni ayirding,
Faqat zulmat mening sherigim boʻlib qoldi.