86–SANO
1 Koʻrax naslining sanosi. Qoʻshiq.
2 Egamiz yaratgan shahar muqaddas togʻda turibdi,
Yoqub naslining barcha maskanlaridan koʻra,
Egamiz Quddus darvozalarini koʻproq sevadi.
3 Ey Xudoning shahri!
Sen toʻgʻringda Xudo ajoyib soʻzlar aytgan:
4 “Meni eʼtirof etadiganlar orasida
Misrni , Bobilni, Filistiyani,
Tir bilan Habashistonni ham qayd etaman.
Odamlar ularni ham: «Quddusda tugʻilgan», deb aytadi.”

5 Ha, Quddus haqida odamlar shu soʻzni aytadi:
“Har biri oʻsha yerda tugʻilgan,
Xudoyi Taoloning Oʻzi Quddusni mustahkam qiladi.”
6 Egamiz xalqlarning roʻyxatini tuzib:
“Bu odam ham Quddusda tugʻilgan”, deb yozadi.
7 Xonish qilib, raqs tushib ular:
“Hayotim manbai Sendadir”, deb aytadi.