83–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Soz joʻrligida aytiladigan Koʻrax naslining sanosi.
2 Sening makoning ajoyibdir,
Ey Sarvari Olam!
3 Ey Egam, Sening hovlingga kirmoqni
Jonim istar, hatto orziqar.
Ey barhayot Xudo! Qalbim,
Vujudim sevinch ila Senga kuylar.
4 Ey Sarvari Olam, Shohim, Xudoyim!
Qurbongohing yonida chumchuq ham bir uy topgan,
Polaponlarim uchun joy topay deya,
Qaldirgʻoch ham oʻzi uchun bir in qurgan.
5 Baxtlidir Sening uyingda istiqomat qiladiganlar,
Ular doim Senga hamdu sano aytarlar.
6 Baxtlidir Sendan qudrat olgan odamlar,
Quddusni chin dildan ziyorat qilishga intiladiganlar.
7 Qaqragan soylikdan ular oʻtar ekanlar,
Buloqlar oqa boshlar,
Ilk yomgʻir bu yerni suv havzalariga toʻldirar.
8 Ular yurgan sari kuchayib borar,
Ey Xudo, ular Quddusda huzuringda hozir boʻlar.
9 Ey Parvardigori Olam — Egam, eshit ibodatimni,
Ey Yoqubning Xudosi, tinglagin meni.
10 Ey Xudo, qara shohga — qalqonimizga,
Oʻzing moy surtib tanlaganga lutf qilgin.
11 Sening hovlilaringda oʻtgan bir kun
Afzaldir boshqa yerda oʻtgan ming kundan.
Fosiqlarning chodirlarida yashagandan koʻra,
Boʻlsaydim, ey Xudoyim, Sening uyingda darvozabon.
12 Ey Parvardigor Egam, quyosh va qalqonsan,
Sen bizga mehribonlik koʻrsatib, shon–shuhrat ato etasan.
Ey Egam, toʻgʻri yurganlardan
Neʼmatingni darigʻ tutmaysan.
13 Ey Sarvari Olam,
Sendan umid qilgan odam baxtlidir!