81–SANO
Osif sanosi.
1 Xudo raislik qilar samodagi kengashida ,
U hukm chiqarar xudolar orasida:
2 “Qachongacha sizlar nohaq hukm qilasiz?!
Fosiqqa tarafkashlik qilasiz?!
3 Zaif, yetimlarga adolat koʻrsating,
Mazlum, qashshoqlarning haqini himoya qiling.
4 Zaif, muhtojlarni qutqaring,
Fosiqning qoʻlidan ularni ozod eting.
5 Hech narsani bilmaysiz, tushunmaysiz,
Sizlar zulmatda yurasiz,
Zaminning poydevori larzaga keladi.
6 Aytdimki: hammangiz xudolarsiz,
Xudoyi Taoloning oʻgʻillarisiz.
7 Ammo oddiy odamday oʻlib ketasiz,
Har qanday hukmdor kabi qulaysiz.”
8 Qani, ey Xudo, olamni hukm qil,
Zotan, hamma xalqlar Senikidir.
81–SANO
Osif sanosi.
1 Xudo raislik qilar samodagi kengashida ,
U hukm chiqarar xudolar orasida:
2 “Qachongacha sizlar nohaq hukm qilasiz?!
Fosiqqa tarafkashlik qilasiz?!
3 Zaif, yetimlarga adolat koʻrsating,
Mazlum, qashshoqlarning haqini himoya qiling.
4 Zaif, muhtojlarni qutqaring,
Fosiqning qoʻlidan ularni ozod eting.
5 Hech narsani bilmaysiz, tushunmaysiz,
Sizlar zulmatda yurasiz,
Zaminning poydevori larzaga keladi.
6 Aytdimki: hammangiz xudolarsiz,
Xudoyi Taoloning oʻgʻillarisiz.
7 Ammo oddiy odamday oʻlib ketasiz,
Har qanday hukmdor kabi qulaysiz.”
8 Qani, ey Xudo, olamni hukm qil,
Zotan, hamma xalqlar Senikidir.