74–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. “Xarob etma” kuyiga aytiladigan Osif sanosi. Qoʻshiq.
2 Ey Xudo, Senga shukurlar aytamiz,
Shukurlar aytamiz, Sen bizga yaqinsan,
Moʻjizalaring haqida odamlar gapiradi.

3 Xudo aytar: “Belgilangan vaqtni tanlayman,
Haqqoniylik bilan hukm qilaman.
4 Zamin va undagi insonlar titragan paytda
Zamin ustunlarini mahkam ushlagan Menman.”
5 Maqtanchoqlarga Xudo aytar: “Maqtanmagin”,
Fosiqqa aytar: “Kuching bilan maqtanmagin.
6 Gerdayib, samolarga kuchingni koʻrsatma,
Qaysarlarcha kiborlik bilan gapirma.”

7 Hech kim sharqdan yoki gʻarbdan
Yoxud sahrodan insonni yuksaltira olmaydi.
8 Hukm qiladigan Xudodir,
Birovni U yiqitar, boshqasini yuksaltirar.
9 Gʻazab kosasi Egamizning qoʻlida,
Ziravor qoʻshilgan koʻpikli sharobga toʻla.
U sharobni quyadi,
Olamdagi jamiki fosiqlar esa
Quyqumigacha ichib tugatadi.
10 Men to abad Yoqubning Xudosi haqida gapiraman,
Uni hamdu sano ila tarannum etaman.

11 Xudo aytar: “Fosiqlarning kuchini qirqaman,
Solihlarning qudratini oshiraman.”