73–SANO
Osif qasidasi .
1 Ey Xudo! Nechun bizni to abad rad etasan?!
Nechun yaylovdagi qoʻylaringga gʻazabingni sochasan?!
2 Azalda Oʻzingniki qilib olgan xalqingni yodingda tut.
Oʻzimning mulkim boʻlsin deb, qutqargan xalqingni,
Oʻzing maskan qilgan Sion togʻini yodingda tut.
3 Dahshatli bu xaroba tomon qadam bosib koʻr,
Qara, muqaddas maskandagi borini gʻanim yoʻq qildi.

4 Gʻanimlaring shovqin–suroni muqaddas maskaningni toʻldirdi,
Bayroqlarini ular belgi qilib oʻrnatdi.
5 Oʻzlarini boltasi bor odamday tutdilar,
Oʻrmondagi daraxt kesuvchilarday tutdilar.
6 Soʻngra boltayu bolgʻalar bilan
Parchaladilar uning oʻymakor ishlarini.
7 Muqaddas maskaningga oʻt qoʻydilar,
Sen ulugʻlanadigan makonni harom qildilar,
Maʼbadingni yer bilan bitta qildilar.
8 “Ularni tamomila qirib tashlaymiz”, deb oʻz koʻnglida aytdilar,
Yurtdagi barcha sajdagohlarni yoqib tashladilar.

9 Bironta ham paygʻambar qolmadi,
Moʻjiza alomatlarini topa olmaymiz.
Qachongacha davom etar bu?
Birontamiz bilmaymiz.
10 Ey Xudo, qachongacha gʻanim Seni masxara qilar?!
Seni dushman to abad haqorat qilarmi?!
11 Nechun oʻng qoʻlingni ishga solmaysan?!
Qoʻlingni qoʻyningdan chiqarib,
Ularni qirib tashlagin!

12 Ey Xudo, azaldan mening Shohimsan,
Yer yuziga Sen najot olib kelasan.
13 Qudrating bilan dengizni boʻlgan Sensan,
Dengiz ajdarlarining boshini majaqlagansan.
14 Maxluq Levitanning boshlarini ezib tashlagansan,
Choʻl jonzotlariga uni yemish qilib bergansan.
15 Buloqlaru anhorlarni ochgan Sensan,
Oqar daryolarni quritgan ham Sensan.
16 Kunduz Senikidir, tun ham Seniki,
Quyosh va oyni bunyod etgansan.
17 Zaminning chegarasini Sen oʻrnatgansan,
Yoz va qishni ham oʻrnatgan Sensan.

18 Ey Egam, dushmanning masxaralashini,
Ahmoq odamlar Seni haqoratlashini yodingda tut.
19 Kaptarlaring hayotini yovvoyi hayvonlarga berma,
Mazlum xalqingning hayotini to abad unutma.

20 Biz bilan qilgan ahdingni esla,
Yurtdagi zulmat joylar zoʻravonlikka toʻla.
21 Sharmandalikka mazlum duchor boʻlmasin,
Faqiru bechora Senga hamdu sano aytsin.
22 Qani, ey Xudo, daʼvoingni isbot qilgin,
Ahmoqlar kun boʻyi Seni masxara qilishini yodda tut.
23 Dushmanlaring shovqin–suroni koʻtarilaveradi,
Ularning baqir–chaqirigʻini eʼtiborsiz qoldirma.