71–SANO
1 Sulaymon sanosi.
Ey Xudo, shohga adolatingni bergin,
Shoh oʻgʻliga toʻgʻri hukm chiqarishni oʻrgatgin.
2 Sening xalqingni u adolat ila hukm etsin,
Bechoralarni u toʻgʻrilik bilan hukm etsin.
3 Togʻlar xalqqa rohat–farogʻat olib kelsin,
Tepaliklar haqiqat samarasini keltirsin.
4 Shoh xalqning qashshoqlarini himoya qilsin,
Bechoralarning bolalariga najot bersin,
Zolimlarni ezib tashlasin.
5 Nasllar osha quyoshu oy samoda turganday,
Uning umri ham shunchalik uzoq boʻlsin!
6 Shohimiz oʻxshasin oʻrilgan dalaga,
Yoqqan huzurbaxsh yomgʻirga,
Yerni sugʻorgan sharros yomgʻirga.
7 Uning davrida solih yashnasin,
Dunyo turguncha moʻl–koʻlchilik boʻlsin.
8 U bir dengizdan ikkinchisiga qadar,
Furot daryosidan tortib,
Yer yuzining toʻrt tomoniga hukmronlik qiladi.
9 Shoh oldida choʻl qabilalari tiz choʻksin,
Uning dushmanlari tuproq yalasin.
10 Dengiz ortidagi yurtlarning shohlari,
Tarshish shohlari unga oʻlpon olib kelsinlar.
Shava hamda Savo shohlari
Unga hadyalar keltirsinlar.
11 Hamma shohlar unga taʼzim aylasin,
Hamma xalqlar unga xizmat qilsin.
12 Mazlum nola qilganda, shoh najot beradi,
Madadkori yoʻq bechorani u qutqaradi.
13 Zaif, bechoraga u shafqat koʻrsatadi,
Mazlumlarning hayotini saqlaydi.
14 Mazlumlarni jabr–zulmdan xalos qiladi,
Mazlumlar qoni uning nazarida azizdir.
15 Shohning umri uzoq boʻlsin!
Shavaning oltini uniki boʻlsin,
Xalq doimo u uchun ibodat qilsin,
Kun boʻyi duo qilib, Xudodan baraka tilasin.
16 Yurtda don moʻl–koʻl boʻlsin,
Tepaliklar ustida don boshoqlari chayqalib tursin.
Lubnon togʻlarida boʻlgani kabi, hosili unumli boʻlsin.
Daladagi giyohlar kabi, shaharlari odamga toʻlsin.
17 Shohning nomi mangu yashasin,
Uning dongʻi quyosh turguncha bor boʻlsin,
Barcha xalqlar u orqali baraka topsin,
Xalqlar uni, baxtiyor, deb aytsin.
18 Isroil xalqining Xudosi — Egamizga olqishlar boʻlsin.
Ajoyib ishlar qiladigan yolgʻiz Udir.
19 Egamizning ulugʻvor nomiga to abad olqishlar boʻlsin,
Butun yer yuzi Uning shuhrati bilan toʻlsin.
Omin! Omin!
20 Essay oʻgʻli Dovudning ibodatlari nihoyasiga yetdi.