69–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. Egamizdan madad soʻrab aytgan iltijosi.
2 Ey Xudo, najot ber menga,
Kelgin tezda, ey Egam, madad ber menga.
3 Jonimga qasd qilganlar
Sharmandayu sharmisor boʻlsin!
Halokatimni istaganlar
Uyatga qolib, orqaga qaytsin!
4 “Holing qalay endi?!” deb meni masxaralaganlar
Sharmanda boʻlib, orqaga qaytsin.
5 Senga yuz burganlarning hammasi
Sen tufayli sevinch, shodlikka toʻlsin.
Sening najotingni sevganlar:
“Xudo yuksalaversin”, deb doim aytsin.
6 Eh, men gʻarib, bechoraman,
Menga yordam berishga shoshil, ey Xudo!
Madadkorim, najotkorim Oʻzingsan,
Kechikmagin, ey Egam!
69–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. Egamizdan madad soʻrab aytgan iltijosi.
2 Ey Xudo, najot ber menga,
Kelgin tezda, ey Egam, madad ber menga.
3 Jonimga qasd qilganlar
Sharmandayu sharmisor boʻlsin!
Halokatimni istaganlar
Uyatga qolib, orqaga qaytsin!
4 “Holing qalay endi?!” deb meni masxaralaganlar
Sharmanda boʻlib, orqaga qaytsin.
5 Senga yuz burganlarning hammasi
Sen tufayli sevinch, shodlikka toʻlsin.
Sening najotingni sevganlar:
“Xudo yuksalaversin”, deb doim aytsin.
6 Eh, men gʻarib, bechoraman,
Menga yordam berishga shoshil, ey Xudo!
Madadkorim, najotkorim Oʻzingsan,
Kechikmagin, ey Egam!