68–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. “Nilufar” kuyiga aytiladigan Dovud sanosi.
2 Ey Xudo, meni Oʻzing qutqar,
Suvlar boʻgʻzimga qadar koʻmdi.
3 Botqoqqa choʻkib borayotirman,
Oyogʻimni qoʻygani qattiq yer yoʻq.
Chuqur suvlarga botib ketdim,
Endi toʻlqinlar meni yutmoqda.
4 Madad soʻrab, sillam quridi,
Tomoqlarim qaqrab ketdi,
Ey Xudoyim, Seni kutib, koʻz nurim soʻndi.
5 Sababsiz mendan nafratlanganlar
Boshimdagi sochimdan ham koʻpdir.
Koʻpchilik sababsiz menga dushmandir,
Ular jonimga qasd qilmoqchilar.
Men oʻgʻirlamagan narsalarni ular,
Qaytib ber, deb meni majbur qilmoqdalar.
6 Ey Xudo, aqlsizligimni Oʻzing bilasan,
Ayblarim Sendan aslo yashirin emas.
7 Ey Sarvari Olam — Rabbiy,
Sendan umid qilganlar
Men tufayli uyatga qolmasinlar.
Ey Isroil xalqining Xudosi,
Senga yuz burganlar
Men tufayli sharmanda boʻlmasinlar.
8 Seni deb haqoratga chidadim,
Xijolatdan yuzim shuvut.
9 Aka–ukalarimga goʻyo begonadayman,
Tugʻishganlarim orasida musofirdayman.
10 Sening uyingga boʻlgan sevgim ichimni yondirar,
Seni haqoratlaganlar meni haqorat qilgan boʻlar.
11 Faryod qilib, roʻza tutganimda,
Men masxara boʻldim.
12 Kulfatda qolib, qanor kiyganimda ,
Ular ustimdan kuldilar.
13 Shahar darvozasi oldida oʻtirganlar
Meni gʻiybat qilarlar,
Mast–alastlar men toʻgʻrimda qoʻshiq aytarlar.
14 Men esa, ey Egam, Senga ibodat qilaman.
Maʼqul vaqtda, sodiq sevging soyasida, ey Xudo,
Ishonchli najoting bilan javob ber menga.
15 Meni qutqargin, botqoqqa botib ketmay,
Mendan nafratlanganlardan xalos boʻlay,
Meni chuqur suvlardan saqlagin.
16 Toʻfon meni gʻarq qilmasin,
Tubsiz suvlar meni yutmasin,
Qabr menga ogʻzin ochmasin.
17 Javob ber ibodatimga, ey Egam,
Naqadar ezgudir sodiq sevging,
Buyuk shafqating ila menga yuz burgin.
18 Men, qulingni jamolingdan bebahra qilma,
Kulfatda qolganman, javob ber tezda.
19 Yaqinroq kel, qutqargin meni,
Dushmanlarimdan xalos qil meni.
20 Haqoratga duchor boʻlganim,
Sharmandayu sharmisor boʻlganim
Oʻzingga ravshan.
Hamma dushmanlarimni bilasan.
21 Haqoratlar qalbimni yaralab,
Tushkunlikka tushirdi.
Bir hamdard izladim, hech kim yoʻq edi,
Tasalli beruvchi izladim–u, topmadim.
22 Ovqatimga ular zahar soldilar,
Chanqaganimda menga uzum sirkasi berdilar.
23 Dasturxonlari oʻzlariga tuzoq boʻlsin,
Hamtovoqlari uchun qopqon boʻlsin.
24 Koʻz nurlari soʻnsin, koʻrmay qolsin,
Bellari to abad bukchayib qolsin.
25 Ular ustiga gʻazabingni sochgin,
Qahring alanga olib, ularni yutib yuborsin.
26 Ularning makoni tashlandiq boʻlib qolsin,
Chodirlarida tirik bir jon qolmasin.
27 Sen urgan insonlarni ular taʼqib qiladi,
Sen bergan yara azoblarini ular gʻiybat qiladi.
28 Gunohlari ustiga gunoh qoʻshgin,
Ularni Sen oqlamagin.
29 Nomlari hayot kitobidan oʻchirilsin,
Solihlar bilan yonma–yon yozilmasin.
30 Men azobda, kulfatda qolganman,
Ey Xudo, najoting meni himoya qilsin.
31 Nomini kuylab, Xudoni madh qilaman,
Shukur aytib, Uni maqtayman.
32 Qurbonlik qilingan buzoqdan, hatto buqadan koʻra,
Hamdlarim Egamni koʻproq mamnun qiladi.
33 Mazlumlar buni koʻrib, sevinsin,
Xudoga intilayotganlar dadil boʻlsin.
34 Egamiz muhtojlarni eshitadi,
Asir boʻlgan xalqidan nafratlanmaydi.
35 Yeru osmon Egamizni madh aylasin,
Dengizlaru ulardagi jonzotlar Uni ulugʻlasin.
36 Xudo Quddusga najot beradi,
Yahudo shaharlarini qayta tiklaydi,
Xalq oʻrnashib, u yerni mulk qiladi.
37 Xudo qullarining avlodi u yerni egallaydi,
Xudoni sevganlar u yerni maskan qiladi.
68–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. “Nilufar” kuyiga aytiladigan Dovud sanosi.
2 Ey Xudo, meni Oʻzing qutqar,
Suvlar boʻgʻzimga qadar koʻmdi.
3 Botqoqqa choʻkib borayotirman,
Oyogʻimni qoʻygani qattiq yer yoʻq.
Chuqur suvlarga botib ketdim,
Endi toʻlqinlar meni yutmoqda.
4 Madad soʻrab, sillam quridi,
Tomoqlarim qaqrab ketdi,
Ey Xudoyim, Seni kutib, koʻz nurim soʻndi.
5 Sababsiz mendan nafratlanganlar
Boshimdagi sochimdan ham koʻpdir.
Koʻpchilik sababsiz menga dushmandir,
Ular jonimga qasd qilmoqchilar.
Men oʻgʻirlamagan narsalarni ular,
Qaytib ber, deb meni majbur qilmoqdalar.
6 Ey Xudo, aqlsizligimni Oʻzing bilasan,
Ayblarim Sendan aslo yashirin emas.
7 Ey Sarvari Olam — Rabbiy,
Sendan umid qilganlar
Men tufayli uyatga qolmasinlar.
Ey Isroil xalqining Xudosi,
Senga yuz burganlar
Men tufayli sharmanda boʻlmasinlar.
8 Seni deb haqoratga chidadim,
Xijolatdan yuzim shuvut.
9 Aka–ukalarimga goʻyo begonadayman,
Tugʻishganlarim orasida musofirdayman.
10 Sening uyingga boʻlgan sevgim ichimni yondirar,
Seni haqoratlaganlar meni haqorat qilgan boʻlar.
11 Faryod qilib, roʻza tutganimda,
Men masxara boʻldim.
12 Kulfatda qolib, qanor kiyganimda ,
Ular ustimdan kuldilar.
13 Shahar darvozasi oldida oʻtirganlar
Meni gʻiybat qilarlar,
Mast–alastlar men toʻgʻrimda qoʻshiq aytarlar.
14 Men esa, ey Egam, Senga ibodat qilaman.
Maʼqul vaqtda, sodiq sevging soyasida, ey Xudo,
Ishonchli najoting bilan javob ber menga.
15 Meni qutqargin, botqoqqa botib ketmay,
Mendan nafratlanganlardan xalos boʻlay,
Meni chuqur suvlardan saqlagin.
16 Toʻfon meni gʻarq qilmasin,
Tubsiz suvlar meni yutmasin,
Qabr menga ogʻzin ochmasin.
17 Javob ber ibodatimga, ey Egam,
Naqadar ezgudir sodiq sevging,
Buyuk shafqating ila menga yuz burgin.
18 Men, qulingni jamolingdan bebahra qilma,
Kulfatda qolganman, javob ber tezda.
19 Yaqinroq kel, qutqargin meni,
Dushmanlarimdan xalos qil meni.
20 Haqoratga duchor boʻlganim,
Sharmandayu sharmisor boʻlganim
Oʻzingga ravshan.
Hamma dushmanlarimni bilasan.
21 Haqoratlar qalbimni yaralab,
Tushkunlikka tushirdi.
Bir hamdard izladim, hech kim yoʻq edi,
Tasalli beruvchi izladim–u, topmadim.
22 Ovqatimga ular zahar soldilar,
Chanqaganimda menga uzum sirkasi berdilar.
23 Dasturxonlari oʻzlariga tuzoq boʻlsin,
Hamtovoqlari uchun qopqon boʻlsin.
24 Koʻz nurlari soʻnsin, koʻrmay qolsin,
Bellari to abad bukchayib qolsin.
25 Ular ustiga gʻazabingni sochgin,
Qahring alanga olib, ularni yutib yuborsin.
26 Ularning makoni tashlandiq boʻlib qolsin,
Chodirlarida tirik bir jon qolmasin.
27 Sen urgan insonlarni ular taʼqib qiladi,
Sen bergan yara azoblarini ular gʻiybat qiladi.
28 Gunohlari ustiga gunoh qoʻshgin,
Ularni Sen oqlamagin.
29 Nomlari hayot kitobidan oʻchirilsin,
Solihlar bilan yonma–yon yozilmasin.
30 Men azobda, kulfatda qolganman,
Ey Xudo, najoting meni himoya qilsin.
31 Nomini kuylab, Xudoni madh qilaman,
Shukur aytib, Uni maqtayman.
32 Qurbonlik qilingan buzoqdan, hatto buqadan koʻra,
Hamdlarim Egamni koʻproq mamnun qiladi.
33 Mazlumlar buni koʻrib, sevinsin,
Xudoga intilayotganlar dadil boʻlsin.
34 Egamiz muhtojlarni eshitadi,
Asir boʻlgan xalqidan nafratlanmaydi.
35 Yeru osmon Egamizni madh aylasin,
Dengizlaru ulardagi jonzotlar Uni ulugʻlasin.
36 Xudo Quddusga najot beradi,
Yahudo shaharlarini qayta tiklaydi,
Xalq oʻrnashib, u yerni mulk qiladi.
37 Xudo qullarining avlodi u yerni egallaydi,
Xudoni sevganlar u yerni maskan qiladi.