65–SANO
Ijrochilar rahbariga. Sano. Qoʻshiq.
1 Xudoga shodlik ila hayqiring,
Ey yer yuzidagi insonlar!
2 Xudoning ulugʻvorligini kuylang!
Unga ajoyib hamdu sanolar ayting!
3 Xudoga aytinglar:
“Sening ishlaring naqadar gʻaroyib!
Qudrating buyukligidan
Dushmanlaring oldingda titrab tiz choʻkadi.
4 Butun zamin Senga sajda qiladi,
Ular Senga hamdu sano aytadi,
Ha, Oʻzingga hamdu sano kuylaydi.”

5 Kel! Xudo nima qilganini koʻrgin!
Inson manfaati uchun qilgan
Gʻaroyib ishlarini koʻrgin!
6 Xudo dengizni quruq yerga aylantirdi,
Ota–bobolarimiz bahrdan yurib oʻtdi ,
U yerda qilgan ishlaridan,
Xudo tufayli biz sevinamiz.
7 Qudrati ila to abad hukm suradi,
Koʻzlari xalqlarni kuzatib turadi,
Unga qarshi isyonchilar qoʻzgʻalmasin.

8 Ey xalqlar, Xudoyimizga olqishlar ayting,
Uning hamdu sanosi yangrasin.
9 U bizning hayotimizni saqlagan,
Oyoqlarimizni toyib ketishdan asragan.

10 Ey Xudo, Sen bizni sinading,
Kumushni tozalaganday bizni tozalading.
11 Bizni tuzoqqa yoʻliqtirding,
Yelkamizga ogʻir yuk ortding.
12 Aravalarni boshimiz uzra yurgizding,
Olov, suvlardan biz kechib oʻtdik,
Farovonlikka bizni olib kelding.

13 Kuydiriladigan qurbonliklar bilan
Senga bergan ontimni ado etgani
Men Sening uyingga kelaman.
14 Kulfatda qolganimda ont ichgan edim,
Tilim vaʼda bergan, ogʻzim soʻylagan edi.
15 Boʻrdoqilarni kuydirib, Senga qurbonlik qilaman.
Qoʻchqor, taka, buqalarni keltiraman.
Qurbonliklarning hidi samoga yetib boradi.

16 Ey Xudodan qoʻrqqanlar, kelib eshitinglar,
Men uchun U nima qilganin soʻzlab berayin.
17 Madad soʻrab Xudoga yolvordim,
Uning hamdu sanosi hech tilimdan tushmadi.
18 Yuragimda gunohim boʻlsa edi,
Meni aslo eshitmas edi Rabbiy.
19 Xudo meni tingladi,
Ibodat qilganimda, ovozimni eshitdi.

20 Xudoga olqishlar boʻlsin!
Ibodatimni U rad qilmadi,
Sodiq sevgisini mendan darigʻ tutmadi.
65–SANO
Ijrochilar rahbariga. Sano. Qoʻshiq.
1 Xudoga shodlik ila hayqiring,
Ey yer yuzidagi insonlar!
2 Xudoning ulugʻvorligini kuylang!
Unga ajoyib hamdu sanolar ayting!
3 Xudoga aytinglar:
“Sening ishlaring naqadar gʻaroyib!
Qudrating buyukligidan
Dushmanlaring oldingda titrab tiz choʻkadi.
4 Butun zamin Senga sajda qiladi,
Ular Senga hamdu sano aytadi,
Ha, Oʻzingga hamdu sano kuylaydi.”

5 Kel! Xudo nima qilganini koʻrgin!
Inson manfaati uchun qilgan
Gʻaroyib ishlarini koʻrgin!
6 Xudo dengizni quruq yerga aylantirdi,
Ota–bobolarimiz bahrdan yurib oʻtdi ,
U yerda qilgan ishlaridan,
Xudo tufayli biz sevinamiz.
7 Qudrati ila to abad hukm suradi,
Koʻzlari xalqlarni kuzatib turadi,
Unga qarshi isyonchilar qoʻzgʻalmasin.

8 Ey xalqlar, Xudoyimizga olqishlar ayting,
Uning hamdu sanosi yangrasin.
9 U bizning hayotimizni saqlagan,
Oyoqlarimizni toyib ketishdan asragan.

10 Ey Xudo, Sen bizni sinading,
Kumushni tozalaganday bizni tozalading.
11 Bizni tuzoqqa yoʻliqtirding,
Yelkamizga ogʻir yuk ortding.
12 Aravalarni boshimiz uzra yurgizding,
Olov, suvlardan biz kechib oʻtdik,
Farovonlikka bizni olib kelding.

13 Kuydiriladigan qurbonliklar bilan
Senga bergan ontimni ado etgani
Men Sening uyingga kelaman.
14 Kulfatda qolganimda ont ichgan edim,
Tilim vaʼda bergan, ogʻzim soʻylagan edi.
15 Boʻrdoqilarni kuydirib, Senga qurbonlik qilaman.
Qoʻchqor, taka, buqalarni keltiraman.
Qurbonliklarning hidi samoga yetib boradi.

16 Ey Xudodan qoʻrqqanlar, kelib eshitinglar,
Men uchun U nima qilganin soʻzlab berayin.
17 Madad soʻrab Xudoga yolvordim,
Uning hamdu sanosi hech tilimdan tushmadi.
18 Yuragimda gunohim boʻlsa edi,
Meni aslo eshitmas edi Rabbiy.
19 Xudo meni tingladi,
Ibodat qilganimda, ovozimni eshitdi.

20 Xudoga olqishlar boʻlsin!
Ibodatimni U rad qilmadi,
Sodiq sevgisini mendan darigʻ tutmadi.