63–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
2 Ey Xudo, ovozimni eshitgin iltijo qilganimda,
Hayotimni dushman vahimasidan qutqargin.
3 Fosiqning fitnasidan meni yashirgin,
Badkirdorlar toʻdasidan himoya qilgin.
4 Ular tillarini shamshirday qayraydi,
Nishonga olib, zaharli soʻzlarini oʻqday otadi.
5 Aybsiz odamni pistirmadan turib otadi,
Hech qoʻrqmay, birdaniga unga oʻq uzadi.
6 Bir–birining qabih rejalarin qoʻllab–quvvatlaydi,
Yashirincha tuzoq qoʻyishga til biriktiradi,
“Buni kim ham koʻrardi”, deb oʻylaydi.
7 Ular adolatsizlikni qasd qiladi:
“Ajoyib reja tuzdik,
Niyatimizni hech kim bilmaydi”, deb aytadi.
8 Xudo esa fosiqlarga oʻq uzadi,
Toʻsatdan ular yaralanadi.
9 Ularning tili oʻzlarining boshini yeydi,
Ularni koʻrganlar qaltirab ketadi.
10 Jamiki odamzod qoʻrqib qoladi,
Xudoning ishlarini ular eʼlon qiladi,
Xudoning qilganlari haqida oʻylab koʻradi.
11 Solihlar Egamiz tufayli sevinsin!
Solihlar Unda panoh topsin,
Hamma pokdil insonlar Uni madh etsin.