62–SANO
1 Dovud Yahudo choʻlida boʻlgandan keyin , uning aytgan sanosi.
2 Ey Xudo, mening Xudoyimsan, intilaman Senga,
Quruq, toliqqan suvsiz tuproqday
Jonim tashnadir Senga,
Vujudim orzumanddir Senga.
3 Muqaddas maskaningda Senga nigoh tashladim,
Qudratingni, shuhratingni koʻrdim.
4 Hayotdan afzal Sening sevging,
Tilimdan tushmas Senga madhiya.
5 Bir umr Seni olqishlayman,
Qoʻllarimni koʻtarib, Senga sajda qilaman.
6 Ilik bilan yogʻ yeganday jonim mamnun boʻladi,
Shodiyona qoʻshiqlar ila Seni madh qilaman.

7 Oʻrnimda yotib ham, Seni eslayman,
Seni oʻylab, tunni qarshi olaman.
8 Oʻzing mening madadkorim boʻlding,
Qanotlaring soyasida sevinch ila kuylayman.
9 Sening ortingdan qolmay ergashaman,
Oʻng qoʻling meni mahkam tutadi.

10 Jonimning payiga tushganlar
Yerning qaʼriga tushib yoʻq boʻlib ketadi.
11 Ular qilichning damiga yoʻliqadi,
Chiyaboʻrilarga yem boʻladi.

12 Shoh esa Xudodan sevinch topadi,
Xudo nomi bilan ont ichganlar Uni madh qiladi,
Yolgʻonchilarning ogʻzi esa yopiladi.