61–SANO
1 Ijrochilar rahbari Yodutunga . Dovud sanosi.
2 Jonim yolgʻiz Xudoga muntazirdir,
Najot menga Xudodan keladi.
3 Ha, Uning Oʻzi suyangan qoyam, najotimdir.
Qalʼam Udir, shu bois aslo qoqilmasman.
4 Ey dushmanlar, qachongacha meni turtasizlar?!
Liqillab turgan chetan devorga,
Qiyshaygan devorga hujum qilganday
Hammangiz menga yopishaverasizlarmi?!
5 Sizning rejangiz obroʻyimni toʻkishdir.
Yolgʻon–yashiq gaplardan zavq olasiz,
Ogʻzingiz bilan duo qilasiz,
Ichingizda esa laʼnat oʻqiysiz.
6 Ey jonim, yolgʻiz Xudoga muntazir boʻlgin,
Umidim manbai Uning Oʻzidir.
7 Yolgʻiz Xudodir suyangan qoyam, najotim,
Qalʼam Udir, shu bois qoqilmasman.
8 Najotimu sharafim Xudodan kelar,
Qudratli qoyamu panohim Udir.
9 Ey xalqim, umid qil Xudodan,
Yuragingni ochgin doimo Unga,
Bizning panohimiz Xudodir.
10 Inson zoti bir nafasdir,
Ha, inson zoti yolgʻondir!
Agar tarozida tortib koʻrilsa,
Hammasi birga havodan ham yengil chiqadi.
Ularning aslo vazni yoʻqdir.
11 Yulgʻichlikka ishonib qolma,
Talonchilikka behuda umid qilma,
Mabodo boyliging koʻpayib qolsa,
Boyligingga koʻngil bogʻlama.
12 Ey Xudo, Sen menga bir narsa aytding,
Shu ikki narsa haqida menga gapirding:
Sen qudratli Xudosan.
13 Ey Rabbiy, Sening sevging cheksizdir.
Shu bois Sen har bir insonni
Qilgan ishlariga koʻra, mukofotlaysan.
61–SANO
1 Ijrochilar rahbari Yodutunga . Dovud sanosi.
2 Jonim yolgʻiz Xudoga muntazirdir,
Najot menga Xudodan keladi.
3 Ha, Uning Oʻzi suyangan qoyam, najotimdir.
Qalʼam Udir, shu bois aslo qoqilmasman.
4 Ey dushmanlar, qachongacha meni turtasizlar?!
Liqillab turgan chetan devorga,
Qiyshaygan devorga hujum qilganday
Hammangiz menga yopishaverasizlarmi?!
5 Sizning rejangiz obroʻyimni toʻkishdir.
Yolgʻon–yashiq gaplardan zavq olasiz,
Ogʻzingiz bilan duo qilasiz,
Ichingizda esa laʼnat oʻqiysiz.
6 Ey jonim, yolgʻiz Xudoga muntazir boʻlgin,
Umidim manbai Uning Oʻzidir.
7 Yolgʻiz Xudodir suyangan qoyam, najotim,
Qalʼam Udir, shu bois qoqilmasman.
8 Najotimu sharafim Xudodan kelar,
Qudratli qoyamu panohim Udir.
9 Ey xalqim, umid qil Xudodan,
Yuragingni ochgin doimo Unga,
Bizning panohimiz Xudodir.
10 Inson zoti bir nafasdir,
Ha, inson zoti yolgʻondir!
Agar tarozida tortib koʻrilsa,
Hammasi birga havodan ham yengil chiqadi.
Ularning aslo vazni yoʻqdir.
11 Yulgʻichlikka ishonib qolma,
Talonchilikka behuda umid qilma,
Mabodo boyliging koʻpayib qolsa,
Boyligingga koʻngil bogʻlama.
12 Ey Xudo, Sen menga bir narsa aytding,
Shu ikki narsa haqida menga gapirding:
Sen qudratli Xudosan.
13 Ey Rabbiy, Sening sevging cheksizdir.
Shu bois Sen har bir insonni
Qilgan ishlariga koʻra, mukofotlaysan.