6–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Sakkiz torli asbob joʻrligida aytiladigan Dovud sanosi.
2 Ey Egam! Gʻazab bilan menga tanbeh bermagin,
Qahring sochib, menga jazo bermagin.
3 Ey Egam, madorim yoʻq, rahm qil menga,
Suyaklarim zirqiraydi xastalikdan,
Ey Egam, shifo ber menga.
4 Azob chekmoqda jonim,
Qachongacha kuttirasan, ey Egam, qachongacha?

5 Kel endi, ey Egam, qutqar jonimni,
Sodiq sevging haqi ozod qil meni.
6 Axir, oʻlganda eslamas hech kim Seni,
Oʻliklar diyorida kim shukur qilar Senga?!

7 Oh–voh qilaverib charchadim,
Tunlari koʻz yoshlarim tufayli oʻrnim hoʻl boʻldi,
Yigʻlaganimdan toʻshagim shalabbo boʻladi.
8 Koʻzlarim nuri soʻndi gʻamdan,
Zaiflashdi koʻzlarim dushmanlarim dastidan.

9 Yoʻqolinglar koʻzimdan hammangiz, ey badkirdorlar!
Nola–yigʻilarimni Egam eshitdi.
10 Egam eshitdi mening iltijoimni,
Egam qabul qiladi mening ibodatimni.
11 Jamiki dushmanlarim uyalib qoladi,
Hammasi vahimaga tushib qoladi,
Oʻsha on sharmanda boʻlib, qaytib ketadi.