58–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Shoul Dovudni oʻldirish uchun uning uyini kuzatishga kishi yuborgandan keyin , Dovudning aytgan qoʻshigʻi. “Xarob etma” kuyiga aytiladi.
2 Gʻanimlarimdan meni qutqar, ey Xudoyim,
Menga qarshi turganlardan himoya qil meni.
3 Badkirdorlardan qutqargin meni,
Qonxoʻrlardan saqlagin meni.

4 Qara, ular meni poylab yotarlar,
Zolimlar menga qarshi fitna qilarlar,
Garchi aybu gunohim boʻlmasa–da, ey Egam,
5 Garchi men haqsizlik qilmasam–da,
Ular menga qarshi hujum qilmoqqa tayyor.
Qoʻzgʻal Oʻzing, ahvolimni koʻr, kel yordamga.
6 Ey Isroil xalqining Xudosi,
Ey Parvardigori Olam — Egam,
Qani, boʻl, barcha xalqlarni jazolagin,
Yovuz sotqinlarga shafqat qilmagin.

7 Gʻanimlarim har kuni oqshomda qaytib keladi,
Itlarday uvullab, shahar izgʻiydi.
8 Qara, ogʻizlaridan qusuq chiqadi,
Tillaridan zahar soʻzlar chiqadi,
“Kim ham bizni eshitardi”, deya oʻylaydi.

9 Ular ustidan Sen kulasan, ey Egam,
Hamma xalqlarni Sen masxaralaysan.
10 Senga intizorman, ey Qudratim,
Sen mening qalʼamsan, ey Xudo!
11 Sodiq sevging ila, ey Xudoyim, menga madad berasan,
Koʻzlarimga dushmanlarim magʻlubiyatini koʻrsatasan.

12 Ularni oʻldirma, xalqim bu saboqni unutib qoʻyar,
Qudrating bilan ularni titrat,
Ey qalqonim Rabbiy, ularni koʻtarib ur.
13 Ularning ogʻzidan chiqqan gunohlar uchun,
Lablaridan chiqqan soʻzlar uchun
Oʻzlarining takabburligi orqali ilinsin.
Ular aytadigan laʼnat, yolgʻon uchun
14 Gʻazabing ila ularni yoʻq qilgin,
Bitta ham qoldirmay qirib tashlagin.
Shunda ey Xudo, Yoqub nasli ustidan hukmron ekanliging
Yerning toʻrt tomonida maʼlum boʻladi.

15 Gʻanimlarim har kuni oqshomda qaytib keladi,
Itlarday uvullab, shahar izgʻiydi.
16 Ovqat izlab, daydib yuradi,
Agar toʻymasalar, irillaydi.

17 Men esa Sening qudratingni tarannum etaman,
Sodiq sevgingni tongda sevinch ila kuylayman.
Sen mening qalʼam boʻlgansan,
Kulfatda qolganimda panohimsan.
18 Ey Qudratim, Seni kuylab madh qilaman,
Sen, ey Xudo, mening qalʼamsan,
Sodiq sevgisini koʻrsatuvchi Xudosan.