57–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. “Xarob etma” kuyiga aytiladigan Dovud qoʻshigʻi.
2 Ey hukmdorlar! Nahot siz adolatli qaror chiqarasiz?!
Nahot sizlar toʻgʻrilik ila xalqlarni hukm qilasiz?!
3 Yoʻq, axir, yuraklaringiz adolatsizlikka toʻla–ku!
Yer yuzida qoʻllaringiz zoʻravonlikni taqsimlaydi–ku!
4 Fosiqlar onasining qornidayoq adashadi,
Yolgʻonchilar tugʻilishdanoq yoʻldan ozadi.
5 Ularning zahri ilonning zahriga oʻxshaydi.
Kar ilonday quloq solishni ular istamaydi.
6 Ilon oʻynatuvchining kuyini ular eshitmaydi,
Uning mahorat bilan chalgan kuyiga beparvo.
7 Sindir ularning tishlarini, ey Xudo,
Sugʻurib ol sherlarning qoziq tishlarini, ey Egam!
8 Ular oqar suvday yoʻq boʻlib ketsin,
Ularning oʻqlari nishonga tegmaydigan boʻlsin.
9 Balchiqqa botib ketgan shilliq qurtday boʻlsin,
Onasi qornidan oʻlik tugʻilib,
Hech qachon quyosh koʻrmagan chaqaloqday boʻlsin.
10 Yonayotgan tikan qozonni tez qizdirganday
Fosiqni shunchalik tez supurib yoʻq qilgin.
11 Fosiqdan oʻch olinganda, solih sevinadi,
Ularning qonida solih oyoqlarini yuvadi.
12 Odamlar aytar: “Shubhasiz, solihga mukofot bordir,
Yer yuzida hukm qiluvchi Xudo albatta bordir.”