56–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Dovudning Shouldan qochib yurgan paytda gʻorda yashirinib qutulganidan keyin aytgan qoʻshigʻi. “Xarob etma” kuyiga aytiladi.
2 Ey Xudo, rahm qilgin menga, rahm qil,
Mening jonim Senda panoh topadi.
Halokatli ofatlar oʻtib ketguncha
Men qanotlaring soyasida panoh topaman.
3 Yolvoraman Xudoyi Taologa,
Men uchun qasos oluvchi Xudoga .
4 Samodan najot yuborib, U meni qutqaradi,
Meni toptaydiganlarni sharmanda qiladi.
Xudo Oʻz sevgiyu sadoqatini yuboradi.
5 Men odamxoʻr sherlar orasida yotgandayman.
Ularning tishlari nayzayu oʻq kabidir,
Ularning tillari keskir qilichdaydir.
6 Ey Xudo, falakdan ham yuqorida yuksalaver!
Shuhrating butun zamin uzra yoyilsin.
7 Dushmanlarim oyoqlarimga tuzoq qoʻygan,
Qaygʻu–kulfatdan ruhim choʻkkan.
Ular soʻqmoqlarimda chuqur qazidi,
Oʻzlari qazigan chuqurga oʻzlari quladi.
8 Ey Xudo, yuragim Senga sodiq,
Ha, yuragim Senga sodiqdir!
Seni kuylab, qoʻshiq aytaman.
9 Uygʻongin, ey jonim!
Uygʻon, ey arfa, lira!
Tongni ham men uygʻotaman!
10 Ey Rabbiy, xalqlar orasida Senga shukrona aytaman,
Ellar orasida Senga hamdu sano kuylayman.
11 Sodiq sevging samolarday yuksakdir,
Sadoqating bulutlarga choʻzilgandir.
12 Ey Xudo, falakdan ham yuqorida yuksalaver!