55–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Filist xalqi Dovudni Gat shahrida tutib olgandan keyin , uning aytgan qoʻshigʻi. “Uzoqdagi jim kabutar” kuyiga aytiladi.
2 Shafqat qil menga, ey Xudo,
Odamlar meni taʼqib qilmoqda,
Gʻanimlarim kun boʻyi meni ezmoqda.
3 Boʻhtonchilar kun boʻyi meni taʼqib qiladi,
Koʻplari menga hujum qiladi, ey Xudoyi Taolo!
4 Qoʻrqqanimda Senga umid bogʻlayman.
5 Ey Xudo, kalomingni madh etaman,
Sendan umid qilaman, qoʻrqmayman,
Bandang menga ne qila oladi?!
6 Gʻanimlarim har doim gapimni buzib koʻrsatadi,
Menga zarar yetkazmoq uchun fitnalar qiladi.
7 Yovuz niyatda ortimdan pisib keladi,
Har bir qadamimni oʻlchab yuradi,
Ular hayotimga chek qoʻyishni istaydi.
8 Jinoyatlari uchun ularni uloqtir ,
Ey Xudo, gʻazabing ila ularni yerga ur!
9 Sen qaygʻularimni hisobga olgansan,
Koʻz yoshlarimni idishingga solib yigʻib qoʻygin.
Axir, ularning har biri kitobingda yozilgan–ku!
10 Senga iltijo qilgan kunim
Dushmanlarim ortga chekinadi.
Ha, bilaman, Sen men tomonda.
11 Ey Xudo, kalomingni madh etaman,
Ha, Egam, Sening kalomingni men madh etaman.
12 Sendan umid qilaman, qoʻrqmayman,
Bandang menga ne qila oladi?!
13 Ey Xudo, Senga bergan ontimni bajarmogʻim shart,
Shukrona nazrlarimni Senga atayman.
14 Jonimni oʻlimdan qutqarib qolding,
Oyogʻimni qoqilishdan saqlading.
Shu bois, ey Xudo, Sening oldingda,
Hayot nurida yuraman.