53–SANO
1-2 Ijrochilar rahbariga. Zifliklar Shoulning oldiga borib: “Dovud xalqimiz orasida yashirinib yuribdi”, deb xabar berganlaridan keyin , Dovudning aytgan qasidasi . Torli asboblar joʻrligida aytiladi.
3 Ey Xudo! Buyuk qudrating ila meni qutqargin!
Kuch–quvvating ila menga adolatli hukm chiqargin!
4 Ey Xudo, eshitgin iltijoimni,
Tinglagin aytganlarimni!
5 Begonalar qarshi qoʻzgʻaldi menga,
Zoʻravonlar qasd qilmoqchi jonimga,
Ular Seni pisand qilmaydilar.

6 Ey Xudo, menga madad berasan,
Ey Rabbiy, mening jonimni asraysan.
7 Dushmanlarimning qabihliklari oʻz boshiga kelsin,
Sen sodiqsan, ularni qirib tashlagin!

8 Shod boʻlib, Senga qurbonlik keltiraman,
Oʻzing yaxshisan, ey Egam, Senga shukur aytaman!
9 Saqlading har qanday kulfatdan meni,
Koʻzlarim koʻrdi dushmanlarim magʻlubiyatini.