52–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. “Qaygʻu–alam” kuyiga aytiladigan Dovud qasidasi .
2 Ahmoqlar oʻz koʻnglida: “Xudo yoʻq”, deydilar.
Ular yaramaslardir, qilmishi jirkanch ishlardir,
Yaxshilik qiluvchi biron zot yoʻqdir.
3 “Idrokli biron zot bormikan?
Bormikan Menga yuz burgan?” deya
Insonga Xudo samodan boqar.
4 Hammasi yoʻldan ozgan, birday buzilgan,
Yaxshilik qiluvchi bir kimsa yoʻqdir,
Hatto bironta ham yoʻq!
5 Ular idroksiz, badkirdor,
Xalqimni bir luqma nonday yeb yuboradi,
Hech qachon Xudoga sajda qilmaydi.
6 Ana, bosayotir ularni qattiq vahima,
Bunaqasini ilgari koʻrmagan ular.
Xudo sochib tashlar gʻanimlaringning suyaklarini.
Axir, Xudo rad etgan ularni!
Shu bois, ey Isroil, sen ularni sharmanda qilgansan.
7 Eh, Quddusdan Isroilga najot kelsaydi!
Xudo Oʻz xalqini yana farovonlikka erishtirsaydi,
Shunda Yoqub nasli shod boʻlgay, Isroil sevingay!