51–SANO
1-2 Ijrochilar rahbariga. Edomlik Doyeg Shoulning oldiga borib: “Dovud Oximalekning uyida”, deb xabar bergandan keyin , Dovudning aytgan qasidasi .
3 Nechun maqtanasan yovuzliging ila, ey zoʻravon?!
Xudoning sodiqligi doim men bilan, axir!
4 Balo keltiraman, deya reja qilasan,
Oʻtkir ustaraga oʻxshaydi tiling.
Aldashga sen mohirsan.
5 Ezgulikdan koʻra, yovuzlikni yoqtirasan,
Haqiqatni soʻylashdan koʻra, yolgʻonni afzal bilasan.
6 Halok qiladigan soʻzlarni yaxshi koʻrasan,
Yolgʻonchi tilni sevasan.
7 Xudo esa seni to abad halok qiladi,
Seni ushlab, chodiringdan tortib chiqaradi,
Tiriklar yurtidan yoʻq qilib tashlaydi.
8 Solihlar buni koʻrib, qoʻrqadi,
Fosiqning ustidan kuladi:
9 “Qarang, oʻsha odam Xudoni panohim deb bilmadi,
Moʻl–koʻl boyligiga umid bogʻladi,
Boshqalarni qirish tufayli kuchaydi.”
10 Men–chi, oʻxshayman Xudoning uyidagi
Koʻm–koʻk zaytun daraxtiga.
Xudoning sodiq sevgisiga
Men to abad umidimni bogʻlayman.
11 Ey Xudo, Sening hamma qilganlaring uchun
Senga to abad shukur aytaman.
Taqvodorlaringning huzurida
Senga umid bogʻlayman,
Axir, Oʻzing yaxshisan!