50–SANO
1-2 Ijrochilar rahbariga. Natan paygʻambar kelib, Dovudning Botsheva bilan qilgan gunohini fosh etgandan keyin , Dovudning aytgan sanosi.
3 Rahm qilgin menga, ey Xudo,
Sodiq sevging, cheksiz shafqating ila
Itoatsizligimni olib tashlagin.
4 Yuvib tashla barcha ayblarimni,
Poklagin gunohlarimdan.
5 Ha, oʻzimning itoatsizligimni bilaman,
Gunohim turar koʻz oʻngimda mudom.
6 Senga, yolgʻiz Senga qarshi gunoh qilganman,
Sening oldingda qabihliklarga qoʻl urganman,
Shu bois hukm qilganingda Sen barhaqsan,
Aybimni fosh etganingda doimo toʻgʻri boʻlib chiqasan.
7 Mana, gunohkor boʻlib tugʻilganman,
Onam qornidayoq gunohkor edim.
8 Biroq Sen samimiy, pok qalbni istaysan,
Asl donolikni Oʻzing menga oʻrgatgin .
9 Pokla meni issop oʻti ila, toza boʻlayin,
Yuvgin meni, qordan ham oq boʻlayin.
10 Yana eshitay shodlik, quvonch xabarin,
Sen ezgan suyaklarim yana quvonsin.
11 Gunohlarimdan chetga ol koʻzlaringni,
Olib tashla ayblarimni.
12 Ey Xudo, menda toza yurak yaratgin,
Sodiq qalbni menga yana bir bor bergin.
13 Huzuringdan meni uloqtirib tashlama,
Muqaddas Ruhingni mendan olma.
14 Najoting shodligini menga qaytargin,
Itoat etishga menda istak uygʻotgin.
15 Shunda itoatsizlarga Sening yoʻllaringni oʻrgataman,
Gunohkorlar qaytib keladilar Senga.
16 Qon toʻkkanim uchun kechir meni, ey Xudo,
Najot berganingni sevinch ila kuylar tilim,
Ey najotkorim Xudo!
17 Lablarimni ochgin, ey Rabbiy,
Ogʻzim Seni madh aylasin.
18 Qurbonlikni Sen xohlamaysan,
Qurbonlik kuydirganimda ham
Sen xush koʻrmagan boʻlarding.
19 Senga maʼqul qurbonligim ezilgan ruhdir,
Ezilgan, tavba qilgan yurakni
Sen rad etmaysan, ey Xudo.
20 Lutfu karaming bilan Quddusni yashnatgin,
Sion shahri devorlarini qaytadan qurgin.
21 Shunda munosib qurbonliklar keltiriladi,
Kuydiriladigan qurbonliklar Seni mamnun qiladi,
Qurbongohingda buqalar nazr qilinadi.