5–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Nay joʻrligida aytiladigan Dovud sanosi.
2 Soʻzlarimga quloq tut, ey Egam!
Diqqat qilgin nolalarimga.
3 Eshitgin, madad soʻrab iltijo etaman,
Sen ham Shohimsan, ham Xudoyimsan!
Shu bois Senga ibodat qilaman.
4 Ey Egam! Tong chogʻi ovozimni eshitasan,
Subhidamda Senga yolvoraman,
Sendan javob kutaman.
5 Qabihlikdan mamnun boʻlmaydigan Xudosan Sen,
Senga mehmon boʻlolmas gunohkor inson.
6 Takabburlar huzuringda tura olmaydilar,
Hamma badkirdorlarni Sen yomon koʻrasan.
7 Yolgʻon gapiradiganlarni Sen qirib tashlaysan,
Ey Egam, qonxoʻr, yolgʻonchilardan Sen jirkanasan.
8 Men esa sodiq sevgingning moʻlligi sabab
Sening uyingga kiraman.
Muqaddas Maʼbadingda taʼzim qilaman,
Qoʻrquv ila Senga sajda qilaman.
9 Naqadar dushmanlarim koʻp, ey Egam,
Odilliging bilan meni soʻqmogʻingdan yetakla,
Oʻz yoʻllaringni menga ravshan qil.
10 Dushmanlarim ogʻzidan haqiqat chiqmaydi,
Ularning yuraklari baloyu ofatdir.
Ochiq qabr kabidir ogʻizlari,
Tillari xushomad qiladi.
11 Ey Xudo, ularni jazolagin!
Yomon niyatlari oʻzlarining boshiga yetsin.
Ular Senga qarshi isyon qilganlar.
Gunohlari koʻpligi uchun ularni haydab yuborgin.
12 Senda panoh topganlarning hammasi sevinsin,
To abad shodlikdan ular kuylasin.
Ularni Sen himoya qilganing uchun,
Seni sevganlar sevinch ila joʻshsin.
13 Ey Egam! Sen solih kishilarga baraka berasan,
Sening himmating ularni qalqonday himoya qiladi.