49–SANO
Osif sanosi.
1 Xudolar Xudosi — Egamiz soʻylar,
Daʼvat qilar yer yuziga
Sharqdan gʻarbga qadar.
2 Xudo Oʻz nurini sochar Quddusdan
Goʻzallikda komil shahardan.

3 Xudoyimiz kelar, sukut saqlamas,
Uning oldida alanga yamlab yuborar,
Atrofida boʻron gʻazabdan quturar.
4 Oʻz xalqini hukm etmoq uchun
Yeru osmonni guvoh qilib chaqirar:
5 “Yigʻib keling Mening taqvodor xalqimni,
Qurbonlik orqali Men bilan ahd qilganlarni!”
6 Samolar eʼlon qilar Xudoning odilligini,
Hakam Xudoning Oʻzidir.

7 Xudo aytar: “Eshit, ey xalqim, Men soʻzlayman,
Ey Isroil, senga qarshi guvohlik beraman,
Men Xudoman, sening Xudoyingman.
8 Keltirgan qurbonliklaring doimo oldimda.
Kuydirilgan qurbonliklaringdan shikoyat qilmayman.
9 Ogʻilingdagi buqangga muhtoj emasman,
Suruvingdagi echkingga ham zor emasman.
10 Menikidir oʻrmondagi jamiki hayvon,
Minglab qirlardagi molu qoʻylar.
11 Menikidir jamiki togʻdagi qushlar,
Menikidir daladagi barcha jonivorlar.
12 Och qolsam ham, sendan ovqat soʻramasdim.
Axir, Menikidir olam, undagi hamma narsa.
13 Men buqa goʻshtini yeymanmi?!
Yoki echki qonini ichamanmi?!
14 Men, Xudoga shukrona qurbonligini qil,
Men, Xudoyi Taologa ontingni ado qil.
15 Ogʻir kunda Menga iltijo qilgin,
Senga najot beraman,
Sen esa Menga maqtov aytasan.”

16 Fosiqqa esa Xudo shunday deydi:
“Ne haqing bor qonunlarimni tilga olmoqqa?!
Ne haqing bor ahdimni ogʻzingga olmoqqa?!
17 Nafrat ila qaraysan–ku yoʻl–yoʻriqlarimga,
Otib tashlaysan–ku kalomlarimni orqangga!
18 Oʻgʻrini koʻrganingda, doʻstlashasan u bilan,
Sherik boʻlib olasan zinokorlar bilan.
19 Ogʻzing yomon soʻzlar uchun doim tayyordir,
Tilingning toʻqigani faqat yolgʻondir.
20 Oʻtirib, birodaringga qarshi soʻylaysan,
Tugʻishganingga ham tuhmat qilasan.
21 Shu ishlarni qilganingda, sukut saqladim,
Meni ham oʻzingga oʻxshagan, deb oʻylading.
Endi–chi, aybingni boʻyningga qoʻyib,
Seni hukm qilaman.
22 Ey Meni unutganlar, bilib qoʻying,
Yoʻqsa sizlarni parcha–parcha qilaman,
Bironta najot berguvchi topilmaydi.
23 Menga shukrona qurbonligi keltirganlar
Meni izzat qilgan boʻladi.
Men Oʻz najotimni
Toʻgʻri yoʻldan yurganlarga koʻrsataman.”