45–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. “Qizlar” kuyiga aytiladigan Koʻrax naslining qoʻshigʻi.
2 Xudo bizning panohimiz, qudratimizdir,
Kulfatda qolganimizda doim madadkorimizdir.
3 Shu bois biz qoʻrqmaymiz hech ham
Yer ostin–ustin boʻlib ketsa ham,
Dengiz bagʻriga togʻlar qulab tushsa ham.
4 Dengizlar oʻkirib, toshib ketsa ham,
Shiddatli toʻlqinlar togʻlarni titratsa ham
Biz qoʻrqmaymiz hech ham.

5 Bir daryo bor, uning suvlari
Shodlik olib kelar Xudo shahriga ,
Xudoyi Taoloning muqaddas makoniga.
6 Shaharda Xudo turgani uchun
Shahar qulamas aslo,
Tong otganda, Xudo yordamga keladi.
7 Xalqlar algʻov–dalgʻov boʻladi,
Shohliklar qulaydi.
Xudoning ovozi guldiraydi, yer erib ketadi.

8 Sarvari Olam biz bilandir,
Yoqubning Xudosi qalʼamizdir.

9 Keling, Egamizning ishlarini koʻring,
Yer yuziga keltirgan kulfatni koʻring.
10 Butun olamda U jangni toʻxtatadi,
Yoyni parchalaydi, nayzani sindiradi,
Qalqonlarni olovda yoqib, shunday deydi:
11 “Toʻxtang, biling, Men Xudoman,
Xalqlar orasida Men yuksalgayman,
Yer yuzida Men yuksalgayman.”

12 Sarvari Olam biz bilandir,
Yoqubning Xudosi qalʼamizdir.
45–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. “Qizlar” kuyiga aytiladigan Koʻrax naslining qoʻshigʻi.
2 Xudo bizning panohimiz, qudratimizdir,
Kulfatda qolganimizda doim madadkorimizdir.
3 Shu bois biz qoʻrqmaymiz hech ham
Yer ostin–ustin boʻlib ketsa ham,
Dengiz bagʻriga togʻlar qulab tushsa ham.
4 Dengizlar oʻkirib, toshib ketsa ham,
Shiddatli toʻlqinlar togʻlarni titratsa ham
Biz qoʻrqmaymiz hech ham.

5 Bir daryo bor, uning suvlari
Shodlik olib kelar Xudo shahriga ,
Xudoyi Taoloning muqaddas makoniga.
6 Shaharda Xudo turgani uchun
Shahar qulamas aslo,
Tong otganda, Xudo yordamga keladi.
7 Xalqlar algʻov–dalgʻov boʻladi,
Shohliklar qulaydi.
Xudoning ovozi guldiraydi, yer erib ketadi.

8 Sarvari Olam biz bilandir,
Yoqubning Xudosi qalʼamizdir.

9 Keling, Egamizning ishlarini koʻring,
Yer yuziga keltirgan kulfatni koʻring.
10 Butun olamda U jangni toʻxtatadi,
Yoyni parchalaydi, nayzani sindiradi,
Qalqonlarni olovda yoqib, shunday deydi:
11 “Toʻxtang, biling, Men Xudoman,
Xalqlar orasida Men yuksalgayman,
Yer yuzida Men yuksalgayman.”

12 Sarvari Olam biz bilandir,
Yoqubning Xudosi qalʼamizdir.