44–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. “Nilufar” kuyiga aytiladigan toʻy qoʻshigʻi. Koʻrax naslining qasidasi .
2 Shohimga sheʼrlarimni bagʻishlayman,
Yuragimdan goʻzal soʻzlar toʻkiladi,
Tilim mohir kotib qalamiga oʻxshaydi.

3 Ey shohim! Insonlar orasida juda chiroylisan.
Xudo senga to abad baraka bergani uchun
Lablaringdan latif soʻzlar yogʻiladi.
4 Ey qudratli shoh, belingga bogʻla qilichingni,
Hashamatu ulugʻvorliging bilan zohir boʻlgin.

5 Ulugʻvorlik bilan olgʻa bos!
Haqiqat, kamtarlik, adolat uchun gʻalaba qil!
Oʻng qoʻling qoʻrqinchli ishlar koʻrsatsin.
6 Gʻanimlaringning yuragini
Oʻtkir oʻqlaring teshib oʻtadi.
Xalqlar oyogʻing ostiga yiqiladi.

7 Xudo bergan taxting abadiydir,
Adolat hassasi shohliging hassasidir.
8 Sen solihlikni sevasan, qabihlikdan nafratlanasan.
Shu bois Xudo seni doʻstlaringdan ustun qildi,
Ha, Xudoying shodlik moyini senga surtdi.
9 Libosingdan mirra ,
Aloe va dolchinning xushboʻy hidlari ufurar.
Fil suyagi bilan bezatilgan saroylarda
Cholgʻu navolari seni shod qilar.
10 Shoh qizlari izzatli xonimlaring orasidadir,
Ofir oltiniga bezangan malika oʻng qoʻlingda oʻtirar.

11 Tingla, ey qiz, quloq solib, oʻylagin,
Xalqing, otang xonadonin unutgin.
12 Jamolingga shoh maftun boʻlgandir,
Taʼzim qil unga, u xoʻjayiningdir.
13 Tir xalqi hadyalar olib keladi,
Boylar sendan marhamat istaydi.
14 Saroyda malika naqadar goʻzal!
Liboslari oltin bilan bezatilgan.
15 Naqshli libosida uni shoh huzuriga olib kelishadi,
Ortidan qizlar, uning dugonalari ergashib keladi.
16 Ular shod–xurramlik ichra keladi,
Shohning saroyiga ular kirib keladi.

17 Ey shohim, oʻgʻillaring olgaylar otalaring oʻrnini,
Butun yurtda shahzodalar qilgaysan sen ularni.
18 Qoʻshigʻim tufayli noming nasllar osha yashar,
Shu bois xalqlar seni to abad madh etarlar.