42–SANO
1 Ey Xudo, oqla meni!
Shakkok xalqqa qarshi daʼvoim bor.
Oʻzing meni himoya qil.
Meni bu yolgʻonchi, adolatsizlardan qutqar.
2 Axir, mening panohim — Xudo Sensan,
Nega Sen tark etding meni?!
Ne uchun gʻamga botib yurmogʻim kerak
Dushmanlarimning siquvi dastidan?!

3 Yoʻllagin nuringni, haqiqatingni,
Bular menga yoʻl koʻrsatib tursin,
Muqaddas togʻingga meni olib borsin,
Sening makoningga meni olib borsin.
4 Shunda boraman, ey Xudo, Sening qurbongohingga.
Buyuk shodligimsan, sevinchimsan Sen,
Lira chalib, hamdu sano aytaman Senga,
Ey Xudo, mening Xudoyim!

5 Nega tushkunlikka tushasan, ey jonim?
Nega behalovat boʻlasan ichimda?
Xudoga umid bogʻla! Shukur etaman
Yana Unga — najotkorim, Xudoyimga.
42–SANO
1 Ey Xudo, oqla meni!
Shakkok xalqqa qarshi daʼvoim bor.
Oʻzing meni himoya qil.
Meni bu yolgʻonchi, adolatsizlardan qutqar.
2 Axir, mening panohim — Xudo Sensan,
Nega Sen tark etding meni?!
Ne uchun gʻamga botib yurmogʻim kerak
Dushmanlarimning siquvi dastidan?!

3 Yoʻllagin nuringni, haqiqatingni,
Bular menga yoʻl koʻrsatib tursin,
Muqaddas togʻingga meni olib borsin,
Sening makoningga meni olib borsin.
4 Shunda boraman, ey Xudo, Sening qurbongohingga.
Buyuk shodligimsan, sevinchimsan Sen,
Lira chalib, hamdu sano aytaman Senga,
Ey Xudo, mening Xudoyim!

5 Nega tushkunlikka tushasan, ey jonim?
Nega behalovat boʻlasan ichimda?
Xudoga umid bogʻla! Shukur etaman
Yana Unga — najotkorim, Xudoyimga.