41–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Koʻrax naslining qasidasi .
2 Kiyik irmoq suvlarini tusaganday,
Ey Xudo, jonim Seni shunday tusaydi!

3 Jonim tashna Xudoga, barhayot Xudoga,
Qachon borib, Uning huzurida hozir boʻlaman?
4 Tuz totmay kechayu kunduz koʻz yosh toʻkaman,
“Qani Xudoying?” deya masxara qilar odamlar doim.

5 Shodlik hayqiriqlariyu hamdu sanolar ostida
Jamoa bilan birga Xudoning uyiga borardim.
Bayram nishonlagani olomon bilan borardim.
Shularni eslab, yuragim pora–pora boʻlmoqda.
6 Nega tushkunlikka tushasan, ey jonim?
Nega behalovat boʻlasan ichimda?
Xudoga umid bogʻla! Shukur etaman
Yana Unga — najotkorim, 7 Xudoyimga.

Tushkunlikka tushganman.
Shu bois, ey Xudo, Seni Iordan diyoridan,
Xermon tizmasidan, Mizor togʻidan turib eslayman.
8 Oʻkirayotgan dengizlarday,
Guvullayotgan sharsharalarday
Sen yuborgan qaygʻu toʻlqinlari
Oʻtgandilar ustimdan bosib.

9 Kunduzi Egam sodiq sevgisini koʻrsatadi,
Tunlari U menga qoʻshiq beradi,
Menga umr bergan Xudoga ibodat qilaman.

10 Xudoga, suyangan Qoyamga aytaman:
“Nega meni unutib qoʻyding Sen?!
Ne uchun gʻamga botib yurmogʻim kerak
Dushmanlarim siquvi sababidan?!”
11 Dushmanlarim haqoratidan suyaklarim zirqiraydi,
Ular muttasil mendan: “Qani Xudoying?!” deya soʻraydi.

12 Nega tushkunlikka tushasan, ey jonim?
Nega behalovat boʻlasan ichimda?
Xudoga umid bogʻla! Shukur etaman
Yana Unga — najotkorim, Xudoyimga.