40–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
2 Baxtlidir bechorani oʻylaydiganlar,
Kulfatda qolganlarida Egamiz ularni qutqaradi.
3 Egamiz ularni himoya qiladi, hayotini asraydi,
Ular yurtdagi baxtlilardan hisoblanadi,
Egamiz ularni dushmanlari ixtiyoriga topshirmaydi.
4 Toʻshakka mixlanib qolsa,
Egamiz parvarish qiladi,
Xastaligiga Egamiz shifo beradi.

5 Shunday iltijo qildim Senga:
“Ey Egam, shafqat qil menga,
Gunoh qildim Senga, shifo bergin.”
6 Dushmanlarim yovuz niyat ila shunday deydi:
“Qachon oʻlar ekan u, nomi ham qachon oʻcharkan?”
7 Ular meni koʻrgani kelganda,
Yolgʻon–yashiq gaplarni gapiradi.
Yuraklarida esa fisqu fasod tugib,
Tashqariga chiqadi–da,
Hamma joyda yoyib yuradi.
8 Mendan nafratlanganlarning hammasi
Menga zarar berishni reja qilishadi,
Birlashib, men haqimda pichir–pichir qilishadi:
9 “Ogʻir xastalikka chalingan u,
Toʻshagidan qaytib tura olmaydi.”
10 Hatto nonimni yegan yaqin, ishongan doʻstim,
Menga qarshi bosh koʻtargan.

11 Sen esa, ey Egam, menga rahm qil,
Meni oyoqqa turgʻaz.
Qilmishlariga yarasha dushmanlarimga qaytaray.
12 Dushmanlarim ustimdan gʻolib kelmasa,
Mendan mamnun boʻlganingni bilaman.
13 Toʻgʻriligim uchun meni saqlaysan,
Huzuringda to abad meni oʻtqazasan.

14 Olqishlar boʻlsin abadulabad
Isroil xalqining Xudosi — Egamizga!

Omin! Omin!