39–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
2 Men Egamizga umid bogʻladim,
U menga yuz burdi, faryodimni eshitdi.
3 Meni balchiq chuqurdan,
Botqoqlikdan chiqarib oldi.
Eson–omon meni qattiq yerga oʻtqazdi,
Qadamlarimni dadil qildi.
4 U ogʻzimga yangi bir qoʻshiq soldi,
Bu qoʻshiq Xudoyimizga madhiyadir.
Koʻplar Uning ishlarini koʻrib, qoʻrqadi,
Egamizga umid bogʻlaydi.
5 Baxtlidir Egamizga umid bogʻlaganlar,
Kiborlarga suyanmaganlar,
Butparastlardan yordam kutmaganlar.

6 Koʻp moʻjizalar koʻrsatding, ey Egam Xudo,
Bizga qaratilgan koʻp niyatlaringni bajarding.
Biror zot Senga teng kela olmas,
Ogʻiz ochib, moʻjizalaring haqida aytsam,
Naqadar koʻpligini sanay olmasdim.

7 Sen qurbonligu nazrni istamading,
Kuydiriladigan qurbonlik hamda
Gunoh qurbonligini talab qilmading,
Itoat qilishim uchun Sen quloqlarimni ochding .
8 Shunda dedimki: “Mana, men keldim.
Muqaddas bitiklarda men haqimda yozilgan .
9 Sening xohishingni ado etishdan zavq olaman,
Ey Xudoyim, Sening qonuning yuragim toʻridadir.”

10 Ulugʻ jamoang ichra
Najoting xushxabarini eʼlon qilganman.
Ha, ey Egam, Oʻzing bilasan,
Ogʻzimga bir nafas ham dam bermaganman.
11 Qutqarganingni yuragimda yashirmadim,
Sodiqliging, najotingdan har kimga soʻyladim,
Sevging, sadoqatingni buyuk jamoangdan sir tutmadim.

12 Ey Egam, mendan shafqatingni darigʻ tutmagin,
Sening sevging, sadoqating meni to abad saqlasin.
13 Behisob ofatlar atrofimni oʻradi,
Gunohlarim oʻzimning boshimga yetdi,
Endi koʻzlarim koʻra olmas,
Gunohlarim boshimdagi sochimdan koʻpdir,
Endi jasoratim tamoman soʻndi.

14 Ey Egam, iltimos, menga najot ber,
Kelgin tezda, ey Egam, menga madad ber.
15 Jonimga qasd qilgan hammalar
Sharmandayu sharmisor boʻlsin!
Halokatimni istaganlar
Uyatga qolib, orqaga qaytsin!
16 “Holing qalay endi?!” deb meni masxaralaganlar
Sharmanda boʻlganidan vahimaga tushsin.

17 Senga yuz burganlarning hammasi
Sen tufayli sevinch, shodlikka toʻlsin.
Sening najotingni sevganlar:
“Egamiz yuksalaversin”, deb doim aytsin.
18 Men esa gʻarib, bechoraman,
Ey Rabbiy, men haqimda oʻylagin,
Madadkorim, najotkorim Oʻzingsan,
Kechikmagin, ey Xudoyim!