37–SANO
1 Dovud sanosi. Egamizdan madad soʻrab aytgan iltijosi.
2 Ey Egam! Gʻazab bilan menga tanbeh bermagin,
Qahring sochib, menga jazo bermagin.
3 Oʻqlaring menga sanchildi,
Qoʻllaring ustimga bosib tushdi.
4 Butun tanam xastadir gʻazabingdan,
Sogʻligim yoʻqolgan gunohlarim dastidan.
5 Ayblarim meni juda ham ezadi,
Ular juda ogʻir yukka oʻxshaydi.
6 Aqlsizligim dastidan
Yaralarim sasib, yiringlab oqyapti.
7 Juda egilib, bukchayib qoldim,
Kun boʻyi gʻamgin yuraman.
8 Ichim isitmadan otash boʻlib yonmoqda,
Tanamda bironta sogʻ joy yoʻq.
9 Sillam qurib, tamom ezildim,
Yurakdagi alamdan nola qilaman.
10 Yuragim tubidagi istaklarim
Ey Rabbiy, Oʻzingga ravshan,
Ohu nolam Sendan yashirin emas.
11 Yuragim titraydi, quvvatim ketdi,
Koʻzlarimning nuri adoyi tamom boʻldi.
12 Doʻst–yoronlarim dardim tufayli oldimdan qochadi,
Tugʻishganlarim aslo yonimga kelmaydi.
13 Jonimga qasd qilganlar menga tuzoq qoʻyadi,
Menga yomonlik istaganlar kulfatdan soʻz ochadi,
Kun boʻyi yolgʻon soʻylab, fitna qiladi.
14 Men esa karga oʻxshayman, eshitmayman,
Soqovga oʻxshayman, gapira olmayman.
15 Chindan ham men soqovga oʻxshayman,
Tili qotib qolgan odamdayman.
16 Ey Egam, umidim yolgʻiz Sensan,
Ey Rabbim Xudo, javob beradigan Sensan.
17 Ey Egam: “Holimni koʻrib, dushmanlarim shodlanmasin,
Oyoqlarim qoqilganda, oʻzlarini katta tutmasin”, deya
Senga ibodat qildim.
18 Oʻzim ham yiqilay deb turibman,
Tinmay azob chekayotirman.
19 Qilgan egriliklarim uchun tavba qilaman,
Gunohga qoʻl urganimdan pushaymonman.
20 Ashaddiy dushmanlarim koʻpdir,
Sababsiz mendan nafrat etuvchilar son–sanoqsiz.
21 Ular yaxshiligimga yomonlik ila javob beradi,
Ezgu ishlarim uchun meni igʻvo qiladi.
22 Ey Egam, meni aslo tark etmagin,
Ey Xudoyim, mendan uzoq ketmagin.
23 Menga yordam bergani shoshilgin,
Ey mening najotkorim — Rabbiy!