35–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Egamizning quli Dovud sanosi.
2 Fosiqlarning gunohkorligi haqida
Yuragimda bir bashorat bor:
Gunohkor inson Xudodan qoʻrqmaydi.
3 Oʻzining nazdida u osmonda yuradi,
Xudo gunohimni koʻrmaydi,
Hukm qilmaydi, deb aytadi.
4 Ogʻzidan manfur, yolgʻon soʻzlar chiqadi,
Donolikdan, yaxshi ishlar qilishdan u bosh tortadi.
5 Hatto yotganda ham fosiqlikni oʻylaydi,
Gunohga oʻzini bagʻishlaydi,
Fosiqlikdan aslo yuz oʻgirmaydi.

6 Ey Egam, sodiq sevging falaklarga yetgaydir,
Ey Egam, sadoqating samolarga choʻzilgaydir.
7 Odilliging buyuk togʻlarga oʻxshaydi,
Adolating tubsiz dengizga oʻxshaydi,
Ey Egam, insonu jonivorlarni Sen saqlagaysan.

8 Sodiq sevging, ey Xudo, naqadar bebahodir!
Qanotlaring soyasida insonlar panoh topadi.
9 Ular uyingdagi neʼmatlardan yeb toʻyadi,
Lazzat toʻla daryoingdan ularga ichirasan.
10 Hayotning bulogʻi Sendadir,
Ziyo olarmiz Sening nuringdan.

11 Seni bilganlarga sodiq sevgingni koʻrsat,
Yuragi soflarga Oʻzing najot bergin.
12 Takabburning oyogʻi meni ezmasin,
Fosiqning qoʻllari meni haydamasin.
13 Ana, badkirdorlar agʻanab yotibdi,
Qaddini koʻtara olmay, yerga qapishib yotibdi.