34–SANO
Dovud sanosi.
1 Ey Egam, menga qarshi chiqqanlarga Oʻzing qarshi boʻl.
Menga hujum qilganlar bilan Oʻzing jang qil.
2 Qalqonu sovutingni ol,
Qani, menga yordamga kel.
3 Meni taʼqib qilganlarga qarshi
Nayzayu boltangni olgin.
“Senga najot beraman”, deb
Oʻzing menga vaʼda bergin.

4 Mening jonimga qasd qilganlar
Sharmandayu sharmisor boʻlsin!
Menga qarshi fitna qilayotganlar
Uyatga qolib, orqaga qaytsin!
5 Ey Egam, Sening farishtang ularni quvsin.
Ha, ular xuddi shamolda uchgan somonday boʻlsin.
6 Qorongʻi, sirpanchiq boʻlsin ularning yoʻli,
Ey Egam, Sening farishtang ularni quvsin.

7 Sababsiz menga tuzoq qoʻydilar,
Meni tutib olib oʻldirmoq uchun
Sababsiz menga chuqur qazidilar.
8 Toʻsatdan ularning boshiga halokat kelsin,
Qoʻygan tuzogʻiga oʻzlari oʻralib qolsin,
Qazigan chuqurga oʻzlari yiqilib, bitsin.

9 Shunda, ey Egam, Sen tufayli shod boʻlaman,
Najot berganing uchun quvonaman.
10 Butun vujudim xitob qiladi:
“Senga oʻxshashi yoʻq, ey Egam,
Bechorani zoʻravondan qutqarasan,
Faqirni talonchidan qutqarasan.”

11 Yovuz niyatli guvohlar paydo boʻladi,
Bilmaydigan narsalarimni mendan soʻraydi.
12 Ular yaxshiligimga yomonlik qaytaradi,
Oʻzimni tamom yolgʻiz his qilaman.
13 Ular xasta boʻlganlarida esa
Men qanor kiyib, roʻza tutib, qaygʻu chekardim .
Boshimni quyi solib, ibodat qilardim .
14 Doʻstim, birodarim, deya tashvish tortardim,
Tuqqan onam uchun aza tutganday,
Qaygʻudan boshimni egib yurardim.

15 Qoqilganimda esa ular shod boʻldilar,
Menga qarshi yigʻilishib keldilar,
Bexabar ekanman, ular kallakesar ekan,
Toʻxtovsiz menga boʻhton qildilar.
16 Shakkoklarday ayovsiz masxara qildilar,
Menga qarab tishlarini gʻijirlatdilar.

17 Ey Egam, qachongacha qarab turasan?
Qutqargin meni ularning hujumidan,
Xalos qilgin jonimni oʻsha sherlardan!
18 Buyuk jamoa ichra Senga shukur aytaman,
Xalq yigʻinlarida Senga hamdlar oʻqiyman.

19 Asossiz menga dushmanlik qilganlar
Ustimdan kulmasinlar,
Mendan sababsiz nafrat etganlar
Koʻzlarini oʻynatmasinlar.
20 Tinchlik soʻzini ogʻizga olmas ular,
Ammo yurtda tinch yashayotganlar ustidan
Yolgʻon soʻzlarni oʻylab toparlar.
21 Menga qarshi shangʻillab aytarlar ular:
“Aha, koʻzlarimiz bilan koʻrdik qilmishlarini.”

22 Oʻzing koʻrgansan, ey Egam, sukut saqlama!
Ey Rabbiy, mendan hech uzoqlashma!
23 Qani, boʻl, himoya qilgin meni,
Men uchun jang qilgin, ey Xudoyim, Rabbim!
24 Sen odilsan, ey Egam Xudo,
Shu bois meni oqlagin.
Dushmanlarim aslo ustimdan kulmasin.
25 Ular oʻzlariga oʻzlari:
“Aha, istaganimiz boʻldi–ku!” deb aytmasin.
“Uni yutib yubordik–ku”, demasin.

26 Kulfatlarimdan zavqlanganlarning hammasi
Sharmandayu sharmisor boʻlsin.
Mendan oʻzlarini yuqori qoʻyganlar
Sharmandalik, badnomlikka oʻralsin.

27 Men haq boʻlib chiqishimni istaganlar
Xursand boʻlsin, sevinch ila kuylasin.
Har doim aytaversin ular:
“Qulining saodatidan huzurlangan
Egamiz tobora yuksalaversin.”
28 Odilliging haqidagi soʻzlaru madhing
Kun boʻyi tilimdan tushmaydi.