33–SANO
1 Dovud Abumalek oldida oʻzini telbalikka solib, uning huzuridan quvilgandan keyin aytgan sanosi.
2 Har doim Egamni olqishlayman,
Uning madhi tilimdan aslo tushmaydi.
3 Egam bois jonim faxrlanadi,
Mazlum eshitib, shod boʻlsin.
4 Men bilan birga olqishlang Egamni,
Birgalikda ulugʻlaylik Uning nomini.

5 Egamga yuz burdim, U javob berdi,
Hamma qoʻrquvlardan U xalos qildi.
6 Egamizdan umid qilganlarning yuzlarida nur,
Ularning yuzlari aslo shuvut boʻlmaydi.
7 Bu bechora iltijosin Egamiz eshitdi,
Barcha uqubatlardan uni qutqardi.
8 Egamizdan qoʻrqqanlarning atrofida
Egamizning farishtasi qarorgoh qurib,
Ularga najot baxsh etadi.
9 Egamizning muruvvatini tatib koʻr,
Egamiz yaxshi ekanligini bilib ol.
Naqadar baxtlidir Unda panoh topganlar.
10 Ey taqvodorlar, Egamizdan qoʻrqing.
Undan qoʻrqqanlar aslo muhtojlik koʻrmas.
11 Hatto yirtqich sherlar ovqatsiz,
Ular ochlikdan azob chekadi.
Egamizga yuz burganlardan esa
Farovonlik ayrilmaydi.

12 Keling, ey bolalar, tinglangiz meni,
Oʻrgatayin men Egamizdan qoʻrqishni.
13 Hayotdan zavqlanishni,
Baxtli uzoq umr koʻrishni istaysizmi?
14 Demak, tilingizni yomon soʻzlardan tiying,
Ogʻzingizni yolgʻon gaplardan asrang.
15 Yomonlikdan qayting, yaxshilik qiling,
Tinchlik istang, ha, tinchlik payida boʻling.

16 Egamiz solihlarni kuzatib turadi,
Ularning nolasini Egamiz eshitadi.
17 Badkirdorlardan esa yuz oʻgiradi,
Ularning xotirasini yer yuzidan oʻchiradi.
18 Taqvodorlar yolvoradi, Egamiz eshitadi,
Barcha balolardan ularni Egamiz qutqaradi.
19 Koʻngli choʻkkanlarga Egamiz yaqindir,
Ruhan ezilganlarni U qutqaradi.

20 Solihlarning qaygʻulari koʻp boʻlsa,
Hamma qaygʻulardan Egamiz xalos qilar.
21 Ularning oʻzini Egamiz saqlaydi,
Bironta ham suyagi sindirilmaydi.
22 Fosiqqa oʻz yovuzligi oʻlim keltiradi,
Solihdan nafratlangan mahkum boʻladi.
23 Egamiz Oʻz qullarining hayotini qutqaradi,
Egamizda panoh topuvchilar mahkum boʻlmaydi.