32–SANO
1 Sevinch ila Egamizga qoʻshiq kuylang, ey solihlar!
Unga hamdu sano aytmoq pokdil insonlarga munosibdir!
2 Lira chalib, Egamizga hamdlar ayting,
Oʻn torli arfa chalib, Unga qoʻshiq kuylang.
3 Egamizga yangi bir qoʻshiq ayting,
Mahorat ila tor chalib, shodlikdan hayqiring.

4 Egamizning kalomi haqiqatdir,
Uning barcha ishlari ishonchlidir.
5 Egamiz adolatu haqiqatni sevadi,
Zamin Uning sodiq sevgisiga toʻla.

6 Samolar bunyod boʻlgan Egamizning kalomidan,
Samodagi jismlar yaralgan Uning nafasidan.
7 U dengiz suvlarini yigʻib qoʻygan,
Tubsiz suvlarni goʻyo omborga joylab qoʻygan .

8 Butun yer yuzi Egamizdan qoʻrqsin,
Butun olam ahli Undan hayiqsin.
9 U gapirdi, aytgani mavjud boʻldi,
Amr qildi, zamin yaratildi.

10 Egamiz xalqlarning rejalarini parokanda qiladi,
U xalqlarning niyatlarini puchga chiqaradi.
11 Egamizning rejalari to abad sobit turadi,
Uning niyatlari nasldan naslga oʻtib boradi.
12 Egamizni oʻz Xudosi deb bilgan xalq baxtlidir!
Egamiz, azizim deb tanlagan xalq baxtlidir!

13 Egamiz samodan boqar,
Inson zotini U koʻrib turar.
14 U taxt qurgan joyidan turib,
Hamma yer yuzida yashovchilarni kuzatar.
15 U hammaning yuragini yaratgan,
Hammaning ishlarini anglagan.
16 Lashkari koʻpligidan shoh qutulmaydi,
Kuchi koʻpligidan jangchi gʻolib boʻlavermaydi.
17 “Jang otlari najot berar” deyish puch xayoldir,
Ular qudratli kuchi bilan qutqara olmaydi.

18 Egamiz koʻrib turar Oʻzidan qoʻrqqanlarni,
Uning sodiq sevgisiga umid qilganlarni.
19 Egamiz ularni oʻlimdan qutqaradi,
Ochlikdan saqlab, tirik qoldiradi.

20 Jonimiz Egamizga muntazirdir,
U bizning madadkorimiz, qalqonimizdir.
21 Biz Muqaddas Xudoga umid bogʻlaymiz,
U tufayli yuragimiz shodlikka toʻla.

22 Ey Egam! Senga hamon umid bogʻlaymiz,
Sodiq sevging bizga yor boʻlsin.