28–SANO
Dovud sanosi.
1 Egamizga hamdlar ayting, ey ilohiy zotlar ,
Egamizning qudratiyu shuhratiga hamdlar oʻqing.
2 Egamizning sharafiga hamdlar oʻqing,
Muqaddas ulugʻvorlikka burkangan Egamizga sajda qiling!

3 Egamizning ovozi suvlar uzra eshitiladi,
Ulugʻvor Xudo guldirab sado beradi.
Ha, azim suvlar uzra
Egamiz guldirab sado beradi.
4 Egamizning ovozi qudratlidir,
Egamizning ovozi haybatlidir.

5 Egamizning ovozi sadr daraxtlarini qulatadi,
Hatto Lubnondagi sadr daraxtlarini parchalab tashlaydi.
6 Lubnon togʻlarini Egamiz buqaday sakratadi,
Ha, Xermon togʻini yovvoyi buzoqday sakratadi.
7 Egamizning ovozi chaqmoq chaqtiradi,
8 Egamizning ovozi sahroni titratadi,
Egamiz Kadesh sahrosini larzaga soladi.

9 Egamizning ovozi ulkan daraxtlarni egib yuboradi ,
Oʻrmonlarni yalangʻochlab, shilib yuboradi,
“Egamiz ulugʻvordir”, deb Maʼbadida hamma kuylaydi.

10 Egamiz toʻfonni jilovladi,
U to abad Shoh boʻlib taxtda oʻtiradi.
11 Egamiz Oʻz xalqiga kuch ato etsin,
Oʻz xalqiga tinchlik bilan baraka bersin.