26–SANO
Dovud sanosi.
1 Egam nurim va najotimdir,
Kimdan qoʻrqaman?!
Egam hayotimning qalʼasidir,
Kim meni qoʻrqita olar?!
2 Meni oʻldirmoqchi boʻlib,
Yovuzlar ustimga bostirib kelganda,
Ha, gʻanimu dushmanlarim menga hujum qilganda,
Qoqilib, yiqilib tushadilar.
3 Hatto butun lashkar meni oʻrab olsa ham,
Yuragimda aslo qoʻrquv paydo boʻlmas.
Hatto menga qarshi jangga otlansa ham,
Ishonchim hech ham yoʻqolmas.
4 Bir narsani Egamdan soʻraganman,
Ha, Undan istaganim bitta narsadir:
Egamning uyida to abad yashay,
Egamning jamolini koʻray,
Maʼbadda turib, Unga muntazir boʻlay.
5 Kulfatda qolgan kunlarimda
U meni Oʻz chaylasida omon saqlaydi.
Chodiri ostida meni yashiradi,
Baland qoya tepasiga oʻtqazib qoʻyadi.
6 Endi esa har tarafdagi gʻanimlarim ustidan
Boshim magʻrur koʻtarilgandir.
Shodlikdan hayqirib,
Egamning Chodirida qurbonlik keltiraman.
Egamni olqishlab, qoʻshiq aytaman.
7 Eshitgin, ey Egam, iltijo qilganimda,
Shafqat qilgin, javob ber menga.
8 “Menga intil!” deganingni qalbim eshitdi,
Ha, ey Egam, men Senga intilaman.
9 Mendan yuz oʻgirmagin,
Gʻazab ila men, Oʻz qulingdan voz kechmagin,
Madadkorim Sen boʻlgansan–ku, ey Egam.
Rad etma, tark aylama meni, ey najotkorim Xudo!
10 Ota–onam meni tark etsa hatto,
Ey Egam, Sen meni qabul qilasan.
11 Yoʻlingni menga koʻrsat, ey Egam,
Dushmanlarim poylab turgani uchun
Meni toʻgʻri soʻqmoqlaringdan yetakla.
12 Gʻanimlarim qoʻllariga topshirma meni.
Axir, soxta guvohlar, nohaq ayblovchilar
Menga qarshi chiqdilar.
13 Shubham yoʻq, tiriklar diyorida
Egamning ezguligini albatta koʻraman.
14 Egamizga umid bogʻla,
Dadil boʻl, yuragingga dalda ber,
Egamizga umid bogʻla!
26–SANO
Dovud sanosi.
1 Egam nurim va najotimdir,
Kimdan qoʻrqaman?!
Egam hayotimning qalʼasidir,
Kim meni qoʻrqita olar?!
2 Meni oʻldirmoqchi boʻlib,
Yovuzlar ustimga bostirib kelganda,
Ha, gʻanimu dushmanlarim menga hujum qilganda,
Qoqilib, yiqilib tushadilar.
3 Hatto butun lashkar meni oʻrab olsa ham,
Yuragimda aslo qoʻrquv paydo boʻlmas.
Hatto menga qarshi jangga otlansa ham,
Ishonchim hech ham yoʻqolmas.
4 Bir narsani Egamdan soʻraganman,
Ha, Undan istaganim bitta narsadir:
Egamning uyida to abad yashay,
Egamning jamolini koʻray,
Maʼbadda turib, Unga muntazir boʻlay.
5 Kulfatda qolgan kunlarimda
U meni Oʻz chaylasida omon saqlaydi.
Chodiri ostida meni yashiradi,
Baland qoya tepasiga oʻtqazib qoʻyadi.
6 Endi esa har tarafdagi gʻanimlarim ustidan
Boshim magʻrur koʻtarilgandir.
Shodlikdan hayqirib,
Egamning Chodirida qurbonlik keltiraman.
Egamni olqishlab, qoʻshiq aytaman.
7 Eshitgin, ey Egam, iltijo qilganimda,
Shafqat qilgin, javob ber menga.
8 “Menga intil!” deganingni qalbim eshitdi,
Ha, ey Egam, men Senga intilaman.
9 Mendan yuz oʻgirmagin,
Gʻazab ila men, Oʻz qulingdan voz kechmagin,
Madadkorim Sen boʻlgansan–ku, ey Egam.
Rad etma, tark aylama meni, ey najotkorim Xudo!
10 Ota–onam meni tark etsa hatto,
Ey Egam, Sen meni qabul qilasan.
11 Yoʻlingni menga koʻrsat, ey Egam,
Dushmanlarim poylab turgani uchun
Meni toʻgʻri soʻqmoqlaringdan yetakla.
12 Gʻanimlarim qoʻllariga topshirma meni.
Axir, soxta guvohlar, nohaq ayblovchilar
Menga qarshi chiqdilar.
13 Shubham yoʻq, tiriklar diyorida
Egamning ezguligini albatta koʻraman.
14 Egamizga umid bogʻla,
Dadil boʻl, yuragingga dalda ber,
Egamizga umid bogʻla!