150–SANO
1 Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!

Xudoga hamdu sanolar boʻlsin muqaddas maskanida,
Unga hamdu sanolar boʻlsin
Samoda — mustahkam qalʼasida.
2 Qudratli ishlari uchun Unga hamdu sanolar boʻlsin,
Tengsiz buyukligi uchun madhiyalar boʻlsin.

3 Unga hamdu sano ayting burgʻu chalib,
Unga hamdu sano ayting arfa, lira chalib.
4 Doira chalib, raqs ila Unga hamdu sano ayting,
Torli asbob, nay chalib, Unga madhiyalar ayting.
5 Jarangdor zillar chalib, Unga hamdu sano ayting,
Ohangdor zillarni qattiq chalib, Unga madhiyalar ayting.
6 Egamizga hamdu sano ayting,
Ey jamiki tirik jonzotlar!

Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!