15–SANO
Dovud qoʻshigʻi.
1 Oʻzing saqla meni, ey Xudo!
Men Senda panoh topaman.

2 Egamga aytdim: “Mening Rabbimsan,
Sendan boshqa mening buyuk baxtim yoʻq.”
3 Naqadar ulugʻvordir yurtdagi taqvodorlar,
Ulardan men gʻoyat zavq olaman.
4 Soxta xudolarga ergashganlarning kulfati ortadi.
Ularning ichimlik nazri qon ekan,
Men ularning bu nazrlariga qoʻshilmayman,
Soxta xudolarning ismlarini tilga olmayman.

5 Ey Egam! Barqarorligim Sensan,
Muvaffaqiyatim ham Oʻzingdirsan,
Kelajagimni Sen taʼminlaysan.
6 Hosildor yerni meros olgan insonga oʻxshayman.
Axir, Sen meni ajoyib mulkning sohibi qilding!

7 Egamni olqishlayman,
U menga yoʻl koʻrsatadi,
Tunda ham qalbim menga oʻgit beradi.
8 Men doim Egamga koʻz tikaman,
U oʻng tomonimda boʻlgani uchun
Meni hech narsa qoʻzgʻata olmas.

9 Shu bois, ey Egam, yuragim quvonchga toʻla,
Jonim ham quvonadi.
Tanam xavf–xatarsiz yashaydi.
10 Meni oʻliklar diyorida qoldirmaysan,
Taqvodoringni qabrda chiritmaysan.
11 Menga hayot soʻqmogʻini Oʻzing koʻrsatasan,
Huzuringda shodlik meni qamrab oladi,
Menga boqiy huzur–halovatni Sen berasan.