148–SANO
1 Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!

Egamizga hamdu sanolar boʻlsin samolardan,
Unga hamdu sanolar boʻlsin falaklardan!
2 Ey Uning farishtalari,
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Ey Uning samoviy lashkarlari,
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!

3 Unga hamdu sanolar boʻlsin, ey quyosh, ey oy,
Hamdu sanolar boʻlsin Unga, nurli yulduzlar!
4 Hamdu sanolar boʻlsin Unga, ey falaklar toqi,
Ey samolar uzra joylashgan suvlar!

5 Egamizga hamdu sano aytsin ular,
Egamizning amri bilan yaratilgan ular.
6 Egamiz bir farmon bilan ularni to abad joyiga oʻrnashtirdi,
Bu farmon bekor qilinmaydi.

7 Yer yuzidan Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Ey jamiki tubsiz suvlar, dengiz maxluqlari,
8 Ey chaqmoq, qor, doʻl, bulutlar,
Uning amriga boʻysunuvchi boʻronlar
Egamizga hamdu sanolar ayting!

9 Madhiyalar ayting Unga, ey togʻlar, jamiki qirlar,
Mevali daraxtlar, jamiki sadr daraxtlari!
10 Hamdu sano ayting Unga,
Ey yovvoyi hayvonlar, jamiki chorva,
Sudralib yuruvchilaru uchar qushlar!

11 Madhiyalar ayting Unga,
Ey zamindagi shohlar, jamiki xalqlar,
Shahzodalar, zamindagi hamma hukmdorlar!
12 Unga hamdu sano ayting yigitlar, qizlar,
Yoshu qari — hammangiz birga.

13 Hammasi Egamizga hamdu sano aytsin,
Yolgʻiz Uning nomi yuksakdir,
Shuhrati zaminu osmondan balanddir.
14 Egamiz Oʻz xalqini qudratli qildi .
Shu bois taqvodorlari Uni ulugʻlamoqda,
Qadrdoni Isroil xalqi Uni madh etmoqda.