147–SANO
1 Egangni olqishlagin, ey Quddus!
Xudoyingga hamdu sano ayt, ey Sion!
2 Darvozalaring tambalarini U mustahkam qiladi,
Ichingdagi bolalaringga U baraka beradi.
3 Shohligingga U tinchlik ato qiladi,
Bugʻdoyning eng yaxshisi bilan toʻydiradi.

4 Xudo amrlarini yer yuziga yuboradi,
Uning aytgan soʻzlari tez yoyiladi.
5 U qorni oppoq koʻrpaday yoyadi,
Qirovni kul kabi sochadi.
6 Doʻlni ushoq kabi yogʻdiradi,
Uning sovugʻi oldida kim bardosh bera oladi?!
7 Kalomini yuborib, Egamiz muzlarni eritadi,
Shamolini esdirib, suvlar oqizadi.

8 Yoqub nasliga soʻzini ayon qiladi,
Qonun–qoidalarini Isroilga bildiradi.
9 Boshqa xalqlarga Egamiz shunday qilmadi,
Oʻsha xalqlar Uning qonunlarini bilmaydi.

Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!