146–SANO
1 Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Naqadar yaxshidir Xudoyimizni tarannum etmoq!
Naqadar lazzatli, munosib Unga hamdu sano aytmoq!
2 Egamiz Quddusni qaytadan quradi,
Surgundagilarni Isroilga yigʻadi.
3 Ezilgan koʻngillarga U shifo beradi,
Ularning yaralariga malham qoʻyadi.
4 Yulduzlarning sonini U aniqlab chiqadi,
Ularning hammasiga nom beradi.
5 Rabbimiz buyukdir, qudrati azimdir,
Uning donoligi cheksizdir.
6 Egamiz mazlumlarni yuksaltiradi,
Fosiqlarni esa yerga urib ezadi.
7 Egamizga shukrona aytib tarannum qiling,
Xudoyimizga atab lirada kuy chaling.
8 U samolarni bulutlar ila qoplaydi,
U yerni yomgʻir bilan taʼminlaydi,
Qir–adirlarda oʻt–oʻlan oʻstiradi.
9 U hayvonlarning rizq–roʻzini beradi,
Qargʻa bolalari qagʻillaganda ularga oziq beradi.
10 U otlarning kuchidan zavq olmaydi,
Sipohning kuchli oyoqlaridan xushlanmaydi.
11 Egamiz Oʻzidan qoʻrqqanlardan xushlanadi,
Uning sodiq sevgisiga umid qilganlardan mamnun boʻladi.