145–SANO
1 Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!

Egamni madh qil, ey jonim!
2 Tirik ekanman, Egamga hamdu sano aytaman,
Umrim boricha Xudoyimga hamdu sano kuylayman.

3 Umid bogʻlamang shahzodalarga,
Najot berolmaydigan inson zotiga.
4 Ular jon bergach, tuproqqa qaytar,
Oʻsha ondayoq ularning rejasi yoʻqqa chiqar.

5 Yoqubning Xudosini madadkorim, deb aytganlar baxtlidir,
Oʻzlarining Egasi Xudodan umid qilganlar baxtlidir.
6 Ha, Yoqubning Xudosi
Osmonni, yerni hamda dengizni yaratgan.
Dengizu undagi hamma jonzotni U yaratgan,
U to abad sodiq boʻlib qoladi,
7 Mazlumlarga adolat qiladi,
Ochlarga U non beradi.
Asirlarni ozod qiluvchi Egamizdir.
8 Egamiz koʻrning koʻzlarini ochadi,
Ikki bukilganlarning qaddini rostlaydi,
Egamiz solihlarni sevadi.
9 Egamiz musofirlarni asraydi,
Yetim va bevalarni qoʻllaydi,
Fosiqning yoʻllariga xalaqit beradi.

10 Egamiz to abad hukmdordir,
Ey Quddus , sening Xudoying nasllar osha hukmdordir!

Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!