143–SANO
Dovud sanosi.
1 Egamga, suyangan qoyamga olqishlar boʻlsin,
U qoʻllarimni urushga, barmoqlarimni jangga oʻrgatgan.
2 Egam doim menga sodiqdir,
U mening qalʼam, qoʻrgʻonim, xaloskorimdir.
Ha, Egam mening qalqonim,
Unda men panoh topaman,
Xalqlarni U menga boʻysundiradi.
3 Ey Egam, inson zoti kimdirki, unga eʼtibor bersang?!
Bandalar kimdirki, ular haqda oʻylasang?!
4 Inson umri ogʻizdan chiqqan nafasga oʻxshar,
Odamzodning hayoti oʻtkinchi soyaga oʻxshar.
5 Ey Egam, koʻklarni yorib, pastga tushgin,
Togʻlarga tekkin, ulardan tutun chiqsin.
6 Chaqmoq chaqtir, yovlarni tirqiratgin,
Oʻqlaringni ot, ularni sarosimaga solgin.
7 Yuqoridan uzat qoʻlingni, meni qutqargin,
Azim suvlardan meni chiqarib olgin,
Begonalar qoʻlidan meni qutqargin.
8 Ularning soʻzlari behuda,
Qoʻlini koʻtarib, ular yolgʻon qasam ichadi.
9 Ey Xudo, Senga yangi qoʻshiq kuylayman,
Oʻn torli arfa chalib, Seni tarannum etaman.
10 Shohlarga Sen zafar ato etasan,
Quling Dovudni shafqatsiz qilichdan qutqarasan.
11 Kelgindilarning qoʻlidan
Meni xalos qil, qutqargin.
Ularning soʻzlari behuda,

12 Oʻgʻillarimiz yoshligida yaxshi oʻsgan koʻchatga oʻxshasin,
Qizlarimiz saroyning oʻymakor ustunlariga oʻxshasin.
13 Omborlarimiz noz–neʼmatlarga toʻlib–toshsin,
Qoʻylarimiz minglab, oʻn minglab yaylovlarda koʻpaysin.
14 Hoʻkizimiz ogʻir yuklarni tortsin ,
Devorlarimiz darz ketmasin,
Odamlarimiz surgun boʻlmasin,
Koʻchalarimizda oh–voh, gʻamu kulfat boʻlmasin.
15 Naqadar baxtlidir bunday insonlar!
Baxtlidir Xudoni Egamiz deb bilgan xalq!