142–SANO
Dovud sanosi.
1 Eshitgin, ey Egam, ibodatlarimni,
Sen sodiqsan, iltijoimga quloq sol,
Sen odilsan, javob ber.
2 Men, Oʻz qulingni hukm qilmagin,
Axir, Sening nazaringda hech kim solih emas.
3 Dushmanlar meni taʼqib qilgan,
Mening tanamni tuproqqa qorgan,
Azalda olamdan oʻtganlar kabi,
Meni zulmatda yashashga majbur qilar.
4 Shu bois ruhim soʻlgan,
Yuragim qoʻrquvdan uvushib qolgan.
5 Men oldingi kunlarni eslayman,
Sening hamma ishlaring haqida oʻylayman,
Qoʻllaring ijodini xayolimga keltiraman.
6 Qoʻllarimni Senga ibodat uchun ochaman,
Qaqragan yer kabi jonim Senga tashna.
7 Ey Egam, menga tez javob ber,
Ruhim tushkunlikda,
Mendan yuz oʻgirmagin,
Toki qabrga kirganlarday boʻlib qolmayin.
8 Saharda sodiq sevgingni menga bildirgin,
Umidimni Senga bogʻlayman.
Yuradigan yoʻlimni Oʻzing koʻrsatgin,
Yuragimni Senga ochaman.
9 Ey Egam, meni gʻanimlarimdan qutqar,
Panoh istab Senga qochib borganman.
10 Sening xohishingni bajarmoqqa meni oʻrgat,
Sen Xudoyimsan, Sening ezgu Ruhing
Meni tekis soʻqmoqdan yetaklab borsin.
11 Ey Egam, Oʻz noming haqi meni saqlagin,
Adolating bilan meni kulfatdan qutqargin.
12 Sodiq sevging haqi qirgin gʻanimlarimni,
Yoʻq qilib tashlagin hamma dushmanlarimni,
Axir, men Sening qulingman–ku.