141–SANO
Dovud gʻorda boʻlgandan keyin aytgan qasidasi . Ibodat.
1 Ey Egam, Senga qattiq faryod qilaman,
Ey Egam, Senga qattiq yolvoraman.
2 Dardlarimni Senga toʻkib solaman,
Qaygʻularimni Sening oldingda aytaman.
3 Ruhim soʻlgʻin boʻlganda,
Yoʻllarimni Sen bilasan.
Men yuradigan soʻqmoqlarda
Gʻanimlarim menga tuzoq qoʻyishgan.
4 Oʻng tomonimga qarab koʻr:
Menga eʼtibor beradigan biron kimsa yoʻq.
Hech qayerga qochib keta olmayman,
Men uchun hech kim qaygʻurmas.
5 Senga yolvorib aytaman, ey Egam:
“Sen mening panohimsan,
Bu dunyodagi xavfsizligim Sensan.”
6 Faryodimga quloq solgin,
Axir, oyoq osti boʻlib ketdim–ku.
Meni taʼqib qiluvchilardan qutqar,
Ular mendan gʻoyat kuchlidirlar.
7 Meni tutqunlikdan chiqarib olgin,
Toki Senga shukrona aytay.
Menga ezgulik qilganing uchun
Solihlar atrofimni oʻrab oladi.
141–SANO
Dovud gʻorda boʻlgandan keyin aytgan qasidasi . Ibodat.
1 Ey Egam, Senga qattiq faryod qilaman,
Ey Egam, Senga qattiq yolvoraman.
2 Dardlarimni Senga toʻkib solaman,
Qaygʻularimni Sening oldingda aytaman.
3 Ruhim soʻlgʻin boʻlganda,
Yoʻllarimni Sen bilasan.
Men yuradigan soʻqmoqlarda
Gʻanimlarim menga tuzoq qoʻyishgan.
4 Oʻng tomonimga qarab koʻr:
Menga eʼtibor beradigan biron kimsa yoʻq.
Hech qayerga qochib keta olmayman,
Men uchun hech kim qaygʻurmas.
5 Senga yolvorib aytaman, ey Egam:
“Sen mening panohimsan,
Bu dunyodagi xavfsizligim Sensan.”
6 Faryodimga quloq solgin,
Axir, oyoq osti boʻlib ketdim–ku.
Meni taʼqib qiluvchilardan qutqar,
Ular mendan gʻoyat kuchlidirlar.
7 Meni tutqunlikdan chiqarib olgin,
Toki Senga shukrona aytay.
Menga ezgulik qilganing uchun
Solihlar atrofimni oʻrab oladi.