140–SANO
Dovud sanosi.
1 Senga yolvoraman, ey Egam, yonimga tez kelgin,
Senga yolvorganimda ovozimga quloq solgin.
2 Ibodatimni tutatqi nazriday qabul qilgin,
Qoʻllarimni koʻtarganimni kechki qurbonlik deb bilgin.

3 Ey Egam, ogʻzimga posbon qoʻygin,
Lablarim eshigini qoʻriqlagin.
4 Yuragimni qabihlikka burmagin,
Yomon ishlarga qoʻshilishimga yoʻl qoʻymagin,
Badkirdorlarning jamoasida
Ziyofatlarini yeyishimga yoʻl qoʻymagin.
5 Mayli, solih odam meni uraversin,
Sodiq odam meni toʻgʻrilasin,
Boshim shunday aʼlo moyni rad qilmasin.

Mening ibodatim muttasil
Badkirdorlarning qabih ishlariga qarshidir.
6 Ularning hakamlari qoyadan uloqtiriladi,
Shunda fosiqlar soʻzlarim haq ekanligini bilib olishadi.
7 Badkirdorlar aytar: “Shudgor qilinib, parchalangan yerday,
Suyaklarimiz qabr ogʻzida maydalanib, sochilib yotibdi.”

8 Koʻzlarim Sendadir, ey Egam Rabbiy,
Sendan panoh izlayman,
Meni tashlab qoʻymagin.
9 Badkirdorlarning qopqonlaridan,
Ular qoʻygan tuzoqdan meni saqlagin.
10 Men sogʻ–omon oʻtib ketayin,
Fosiqlar qoʻygan toʻrlariga oʻzlari tushsin.