14–SANO
Dovud sanosi.
1 Ey Egam, kim yashaydi Sening maskaningda?
Kim makon topadi Sening muqaddas togʻingda?

2 Toʻgʻri yurib, toʻgʻri ish qilganlar yashaydi,
Yurakdan haq gapni aytganlar yashaydi.
3 Boshqalarga boʻhton qilmaganlar yashaydi,
Doʻstlariga yomonlik qilmaganlar yashaydi,
Qoʻshnilarini haqorat qilmaganlar yashaydi.
4 Razil kimsalardan nafratlanganlar yashaydi,
Ey Egam, Sendan qoʻrqqanlarni izzatlaganlar yashaydi,
Oʻziga zarar boʻlsa ham, ahdida turganlar yashaydi.
5 Qarz berib sudxoʻrlik qilmaganlar yashaydi.
Aybsizga qarshi guvohlik berish uchun pora olmaganlar yashaydi.

Bularni qilganlar tinch–omon boʻladi.